Rossiyani Yerni masofadan turib zondlash ma'lumotlariga asoslangan kartografik materiallarni tezkor ishlab chiqarish texnologiyalari

Joriy yilning 27 mart kuni Davergeodezkadastr raisi o‘rinbosari A.A.Mamatov boshchiligidagi «Rossiyani Yerni masofadan turib zondlash ma'lumotlariga asoslangan kartografik materiallarni tezkor ishlab chiqarish texnologiyalari» deb nomlangan qo‘shma xalqaro ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Ushbu seminarda Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti, «Kompaniya Kredo-Dialog» MCHJ, «Rakurs» AJ, «Panorama» AJ TB, «Finko» MCHJ kabi geodeziya va kartografiya sohasida yetakchi bo‘lgan Rossiya kompaniya vakillari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining qator vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.

Mazkur seminar Kartografiya, kadastr va ro‘yxatga olish davlat federal xizmati (Rosreestr), Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vazirligi va Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti tashabbusi asosida o‘tkazildi.

Seminar davomida Rossiya mutaxassislari O‘zbekistonlik hamkasblarini zamonaviy kartografiya materiallarini yaratish uchun uchuvchisiz boshqariladigan apparatlar yordamida olinadigan yerni masofadan turib zondlash ma'lumotlarini ishlatish bo‘yicha so‘nggi texnologiyalar bilan yaqindan tanishtirdilar.

Uch kunlik tadbir  davomida Rossiyalik mutaxassislar Supercam S350F, Supercam S150F, Supercam X6M2 rusumdagi uchuvchisiz boshqariladigan apparatlar imkoniyatlarini namoyish etadilar.

dsc_0066.jpg
 

 

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 513
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing