Ko'chmas mulkni sotish va sotib olish to'g'risidagi Fuqarolik Kodeksiga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritildi

2019 yil 20 mart sanasida "Mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Hususan Fuqarolik kodeksining ko‘chmas mulkning barcha oldi-sotdi shartnomalari notarial tartibda tasdiqlanishi bilan bog‘liq moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Kvartira, uy yoki ularning qismlari, shuningdek mulkiy kompleks sifatida umuman korxonaning oldi-sotdi bitimlarini majburiy notarial tasdiqlash tartibi saqlanib qoldi. Agar yer uchastkalari, binolar, inshootlar, ko‘p yillik dov-daraxtlar va boshqa ko‘chmas mulk obyektlari sotilsa, notarius huzuriga borish shart emas. Qarorga muvofiq fuqrolarga qator qulayliklar yaratildi. Bular:

-ko'chmas mulkni sotish shartnomasi taraflar imzolagan yozma shakldagi bitta hujjat tarzida tuziladi, biroq istalgan taraflardan biri avvalgidek uning notarial shakliga rioya etilishini talab qilishi mumkin;

- istalgan ko‘chmas mulk obyektiga, hatto notarius tomonidan tasdiqlanmagan bitimlar bo‘yicha mulk huquqining o‘tishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim. Mulk huquqi yuzaga kelgan (o‘tgan) kundan boshlab bir oy mobaynida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun murojaat qilish lozim.

Fuqarolik kodeksida faqat ko‘chmas mulk ob'yekti turiga qarab notarial tartibda tasdiqlash majburiyligi belgilandi.

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 456
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing