O’zbekiston Respublikasi Milliy matbuot markazida navbatdagi matbuot anjumani bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 11 mart kuni O’zbekiston Milliy matbuot markazida Davyergeodezkdastr qo'mitasi tomonidan tashkil etilgan navbatdagi matbuot anjumani bo’lib o’tdi. Mazkur anjumanda Davyergeodezkadastr qo’mitasi, O`zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Toshkent arxitektura va qurilish instituti talabalari, shuningdek, mahalliy ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.

Matbuot anjumaniga Davyergeodezkadastr qo’mitasining Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilishni nazorat qilish boshqarmasi boshlig’i Normo‘minov Baxtiyor Ashurovich boshchilik qildi. Kun tartibiga muvofiq:

-  “Yerlardan maqsadli foydalanish, yerga oid qonun hujjatlari talablarining buzilishini bartaraf etish borasida belgilangan chora-tadbirlar” haqida Normo‘minov Baxtiyor;

-  «Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish va kadastr tizimlarini modernizatsiyalash»

investitsion loyihasining amalga oshirilishi to‘g‘risida Mambetkarimov Azizbay;

-  Davyergeodezkadastr qo’mitasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari (telegramm, facebook va veb sayt)  haqida Ne’mat Atamuratov taqdimot qilishdi.

Matbuot anjumani davomida Respublikamizda  mavjud yer resurslaridan oqilona foydalanish, yerlarni asrab-avaylash va muhofaza qilish, tuproq unumdorligini oshirish bo‘yicha yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirilishini ta'minlash Davergeodezkadastr qo‘mitasining ustuvor vazifalaridan biri ekanligi alohida ta’kidlab o’tildi.

Shu bilan  birga OAV xodimlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar berildi.

bezymyannyy_3.png

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 768
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing