Yuridik va jismoniy shaxslar diqqatiga

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019 yil 9 yanvar kuni tasdiqlangan."Davyergeodezkadastr" qo'mitasi rahbariyatining 2019 yilning birinchi yarim yilligida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlarning tumanlarida jismoniy va yuridik shaxslar bilan sayyor qabul kunlari o'tkazish to'g'risidagi reja grafigiga muvofiq, joriy yilning 18 mart kuni soat 11:00 da Qashqadaryo viloyati G'uzor tumani Xalq qabulxonasida qo'mita raisi Abdullaev Abdushukur Hamidovichning jismoniy va yuridik shaxslar bilan sayyor qabuli bo`lib o`tadi.

Mazkur uchrashuvda jismoniy va yuridik shaxslarga yer maydonlari ajratish, kadastr xujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro'yxatidan o'tkazish, kadastr xujjatlarini tayyorlashda davlat xizmatlari uchun to'lovlar hamda yer va kadastr sohasiga oid muammolar va takliflar bo'lsa, sayyor qabulga tashrif buyurib, muloqot o'tkazishingiz mumkin.

Sayyor qabulda qatnashish istagida bo'lgan yuridik va jismoniy shaxslar 2019 yil 18 mart kuni soat 11:00 da Qashqadaryo viloyati G`uzor tumani Xalq qabulxonasiga tashrif buyurishlari mumkin.

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 499
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing