O’zbekiston Respublikasi Milliy matbuot markazida “Ko’chmas mulkni davlat ro’yxatdan o’tkazish bo’yicha amalga oshirilayotgan islohotlar ” mavzusida matbuot brifingi bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 5 mart kuni Ozbekiston Milliy matbuot markazidaKochmas mulkni davlat royxatdan otkazish boyicha amalga oshirilayotgan islohotlarmavzusida matbuot brifingi bolib otdi. Mazkur brifingda Davyergeodezkadastr qo’mitasi, Qurilish Vazirligi hamda Fuqarolarni o’zini-o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Respublika Kengashi vakillari, shuningdek, mahalliy ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.

Matbuot brifingiga Davyergeodezkadastr qo’mita raisining o’rinbosari Sherzod Habibullayev boshchilik qildi va kun tartibiga muvofiq:

-  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e'tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida» 2018 yil 20 apreldagi PF-5421-son farmoni ijrosini ta'minlash chora-tadbirlari haqida”gi 461-son qarori yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida Dilrabo Dadayeva;

-  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 dekabrdagi “Ko’chmas mulk ob'ektlariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 1060-son qaroriga asosan yaratilgan qulayliklar to’g’risida Begzod Nishonov;

photo_2019-03-05_15-45-10.jpg

-  Davyergeodezkadastr qo’mitasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari (telegramm, facebook va veb sayt)  haqida Ne’mat Atamuratov taqdimot qilishdi.

Shu bilan birga matbuot brifingi davomida OAV xodimlarini qiziqtirgan savollarga rais o’rinbosari va mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar berildi.

photo_2019-03-05_15-45-11.jpg

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 769
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing