O‘zbekistonda Kadastr kodeksini qabul qilish taklif etildi

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida O‘zbekiston Respublikasining Kadastr kodeksini qabul qilish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.

Qayd etilishicha, mamlakatda kadastrga doir munosabatlarni tartibga soluvchi ko‘plab qonun hujjatlari mavjud. 

“Mazkur hujjatlarning ko‘pchiligi asosan havolaki normalardan iborat bo‘lib, mazkur soha asosan qonunosti hujjatlari bilan tartibga solingan”, - deb yozadi petitsiya muallifi.

“Shu sababli mazkur sohadagi qonun hujjatlarini tizimlashtirish, uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlovchi normalar bilan tartibga solish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Kadastr kodeksini qabul qilishni taklif qilaman”, - deyiladi murojaatda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda o‘rindiqsiz avtobuslardan foydalanish taklif qilingandi.

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 503
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing