Jahon bankining texnik missiyasi Davyergeodezkadastr qo‘mitasiga tashrif buyurdi.

Joriy yilning 5 fevral kuni Jahon bankining texnik missiyasi «Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish va kadastr tizimlarini modernizatsiya qilish» hamda «Yer tuzish va geofazoviy tizimni modernizatsiya qilishni qo‘llab-quvvatlash» loyihalariga ko‘mak ko‘rsatish maqsadida Davergeodezkadastr qo‘mitasiga tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida loyihani amalga oshirish jarayoni hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Nukus shahri va Taxiatosh tumani, Xorazm viloyatidagi Urganch shahri va Xonqa tumanlarida joylashgan Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalarining raqamlashtirish bo‘yicha tajriba maydonchalariga tashrif masalalari muhokama qilindi.
6 fevral kuni Davyergeodezkadastr qo‘mitasi raisining o‘rinbosari A.A. Mamatov boshchiligida Jahon banki missiyasi Nukus shahrining kadastr korxonasi bo‘limiga tashrif buyurib, kadastrga oid axborotlarni raqamlashtirish bo‘yicha tajriba loyihasini o‘rganib chiqdi.

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 464
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing