Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

Namangan viloyati

Namangan viloyati Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi

Manzil: 160100, Namangan shaxar, Xiva kuchasi, 3-uy.

Telefon:+99869 233-28-46,

Faks:+99869 233-20-49

web sayt: namkadastr.uz

E-mail: namygk@umail.uz

nam.jpg

Jo'raev Anvarjon Baxritdinovich

dzhuraev_a._namangan.jpg

Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi boshlig'i

Telefon: +99869 233-28-46, Faks: +99869 233-20-49

Qabul kunlari: Seshanba, Juma 9:00 dan 12:00 gacha

Mutavaliyev Mullaxo‘ja Saydullayevich

mutavaliev_m._namangan.jpg

Er tuzish va ko'chmas mulk kadastri davlat korxonasi rahbari

Telefon: +99869 271-39-00, Faks: +99869 233-20-49

Qabul kunlari: Seshanba, Payshanba 9:00 dan 12:00 gacha

Boshqarma vazifalari

Yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer munosabatlarini tartibga solish, yer tuzishni va yerlarning bazaviy va davriy monitoringini yuritish bo'yicha yagona davlat siyosatining amalga oshirilishni ta'minlash;

Tuproq unumdorligini oshirish, mavjud yerlardan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishga doir dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

Yerlardan foydalanish va muhofaza qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

Boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;

Davlat yer kadastri hamda bino va inshootlar kadastrini yuritishni muvofiqlashtirish hamda nazoratini olib borish;

Davlat kadastrlari yagona tizimiga (DKYAT) kiritiladigan ma'lumotlarni belgilangan tartibda tayyorlash va yuqori tashkilotiga taqdim qilinishini tashkil qilish;

Qonun hujjatlarida belgilangan boshqa vazifalarni amalga oshirish.

Boshqarma o'ziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi

Yer munosabatlarini tartibga solish tizimini takomillashtirish, yerlardan oqilona foydalanish va muhofaza qilishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirilishini ta'minlaydi;

Qo'mita tizimdagi korxona va tashkilotlar tomonidan davlat byudjeti mablag'lari hisobiga ushbu viloyat hududida bajariladigan yer tuzish va yer kadastri, geodeziya-topografiya, kadastr va boshqa ishlarning bajarilishida amaliy yordam ko'rsatadi va doimiy monitoringini yuritadi.

Davlat boshqaruv organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning yerdan foydalanish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

Yer tuzish, yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish, yer resurslarini hisobga olish va baholashni takomillashtirishga yo'naltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

Yerlardan foydalanish va uni muhofaza qilish, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar, davlat boshqaruv organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan yer qonunchiligiga amal qilishi ustidan davlat nazoratini tashkil etadi va amalga oshiradi, yo'l qo'yilgan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish bo'yicha o'z vaqtida choralar ko'rilishini ta'minlaydi;

Yer fondining holatini nazorat qilish, o'zgarishlarni o'z vaqtida aniqlash, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish maqsadida yer monitoringini amalga oshiradi;

Joylardagi davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda yerlardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish bo'yicha hududiy dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

Tegishli korxona va tashkilotlar bilan birgalikda qonunda belgilangan tartibda yer uchastkalarini ajratish yoki olib kuyish bo'yicha takliflar tayyorlaydi;

Ma'muriy-hududiy bo'linishlar chegaralarini aniqlash va tiklashni tashkil etadi;

Mahalliy davlat xokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

Davlat yer kadastri hamda bino va inshootlarning davlat kadastrini yuritilishini tashkillashtiradi;

Tumanlar va aholi punktlarining ma'muriy chegaralarini belgilash (aniqlash) ishlarini tashkil qiladi va amalga oshiradi;

Foydalanuvchilarni kadastr axborotlari bilan ta'minlaydi;

Viloyat yer resurslarining holati to'g'risida belgilangan tartibda xar yili hisobot tuzadi va «Yergeodezkadastr» davlat qo'mitasiga taqdim etadi.

Namangan viloyati “Yermulkkadastr” davlat korhonasi va uning quyi tizimida olib borilayotgan ishlar, o'zgarishlar va yangiliklar hamda sohada erishilayotgan yutuqlar bo'yicha Malumot

Namangan viloyati “Yermulkkadastr” davlat korhonasi va uning quyi tizimlari O'zbekiston Respublikasidagi sohaga oid mavjud qonunlar, Vazirlar Mahkamasining bir qator qarorlari hamda shu asosda qabul qilingan “Yergeodezkadastr” davlat qo'mitasining qarorlari va yo'riqnomalari asosida o'z faoliyatini amalga oshirib kelmoqda. Bugungi kunda oldimizga qo'yilgan ikkita asosiy vazifa ya'ni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi “Axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-1989-sonli qarorida “Elektron xukumat” tizimi doirasida “Ko'chmas mulk kadastri va ro'yxatdan o'tkazish tizimini integrallashgan axborot tizimini yaratish” vazifalari belgilab olish va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 25 sentyabrdagi “Milliy geografik axborot tizimini yaratish investitsiya loyixasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-2045-sonli qarori hamda shu asosida “Yergeodezkadastr” davlat qo'mitasi tomonidan belgilangan chora-tadbirlarni bajarish asosiy vazifa qilib qo'yilgan. Ushbu topshiriqlar yuzasidan Namangan viloyatida mavjud ko'chmas mulklar bugungi kunda yalpi xatlovdan o'tkazib kelinmoqda. Viloyatda mavjud 400 mingdan ortiq ko'chmas mulklarning 50% dan ortig'i xatlovdan o'tkazilib ushbu ko'chmas mulklarning elektron bazasini shakllantirish maqsadida “Yergeodezkadastr” davlat qo'mitasi tomonidan belgilangan dasturlarga kiritilib kelinmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 25 sentyabrdagi “Milliy geografik axborot tizimini yaratish investitsiya loyixasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”ga PQ-2045-sonli qarorini va shu asosida “Yergeodezkadastr” davlat qo'mitasining buyruqlari va topshiriqlari ijrosini Namangan viloyatida bajarish maqsadida MGAT loyixasi uchun markaziy va xududiy SGS xonalari belgilangan tartibda tayyorlandi, Milliy geografik axborot tahlil markazi uchun Viloyat “Yermulkkadastr” DKda ikkita xona ajratilib, talab asosida ta'mirlandi va xonalarga optik tolali kabellar, qo'riqlash va yong'in xavfsizligi tizimlari, ikki qanotli temir eshik, temir panjarali rom, isitish va sovutish tizimlari o'rnatildi, hamda dizel-generator uskunasi o'rnatish uchun aloxida joy ajratilib tayyorlandi.

Shu bilan birgalikda Chust, Yangiqo'rg'on, Norin tumanlarida xam SGS xonalari ajratilib talab asosida ta'mirlanib zaruriy jixozlar bilan ta'minlandi. Milliy geografik axborot tizimi loyixasi uchun tegishli mutaxassislar tayyorlash bo'yicha tizim adminstratori, geoaxborot texnologiyalari bo'yicha, axborot taxlil bo'yicha va kartograf mutaxassislari tayyorlanib, mutaxassislarni kompyuter savodxonligi va ingiliz tilini o'rgatish bo'yicha maxsus kurslarga jalb qilindi hamda “Yergeodezkadastr” davlat qo'mitasining topshirig'iga asosan yuqoridagi to'rtta yo'nalish buyicha 2015 yil may, iyun oylarida mutaxassislar Geodeziya, Kartografiya Milliy markazida malakalarini oshirib, bugungi kunda Davlat kadastrlari yagona tizimiga ma'lumotlar taqdim qilib kelmoqdalar.

Vazirlar Maxkamasining 2005 yil 16 fevraldagi 66-sonli qarori, «Yergeodezkadastr» davlat qo'mitasining 2014 yil 12 noyabrdagi 228-sonli buyrug'i ijrosi bo'yicha Namangan viloyati «Yermulkkadastr» davlat korxonasi tomonidan Geodeziya, Kartografiya Milliy markaziga xar uch kunda maxsus pochta orqali Davlat kadastrlari yagona tizimi bazasiga ma'lumotlar taqdim qilib kelinmoqda. Taqdim qilinayotgan DKYaT ma'lumotlarining koordinatalar sistemasida xatolikka yo'l qo'ymaslik maqsadida Davlat Geodeziya nazorati inspektsiyasida shaxar, tumanlarning 1:2000 va 1:10000 miqyosdagi xaritalari olinib xozirgi kunda axoli uy-joylari bo'yicha davlat koordinatalar sistemasida DKYaT ga ma'lumot taqdim qilib kelinmoqda. Viloyatda mavjud 400 mingdan ortiq ko'chmas mulklarning 50% bugungi kunda Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYaT)ga kiritildi.

Vazirlar Maxkamasining 2001 yil 31 dekabrdagi yildagi 492-sonli qarori ijrosi bo'yicha Namangan viloyati xududini kadastr bo'yicha bo'lish tematik qatlamlarini ArcGIS dasturiy ta'minotida qishloq xo'jaligi erlarini 1-10000 miqyosdagi, axoli punkt erlarini 1-2000 miqyosdagi xaritalar asosida shakllantirilib elektron formatda GKMMga taqdim qilindi. Endilikda yuridik shaxs va fuqarolar o'zlariga tegishli bino va inshootlarning kadastr xujjatlarini tayyorlatish hamda davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun internet tarmoqlari orqali ariza va lozim bo'lgan xujjatlarni elektron shaklda ushbu veb-saytlar orqali yuborish imkoniyatiga egalar.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 sentyabrdagi “Tadbirkorlik sub'ektlariga “Yagona darcha” tamoyili bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-2412-sonli qarorini ijrosini ta'minlash maqsadida Tuman (shaxar) “Yermulkkadastr” DKlaridan bittadan mutaxassislar biriktirilib, ularga davlat xizmatlarini elektron ko'rinishda amalga oshirish uchun, idoralararo xamkorlikni ta'minlash maqsadida “UNICON.UZ” DUK markaziga murojat qilinib xar bir mutaxassisga integratsiyalash uchun elektron imzo va kalit olindi. Korxonada mavjud “Bir oyna” bo'limlarini zamonaviy texnika va kompyuter uskunalari bilan qo'shimcha ravishda jixozlandi.

Foydali resurslar