Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

Navoi viloyati

Navoi viloyati Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi

Manzil: 210100,Navoiy shahri, Ma’rifat ko‘chasi, 8-uy

Telefon:+99436 224-64-33

Faks:+99436 224-50-43

Veb sayt: navkadastr.uz

E-mail: boshqarmakadastr@umail.uzyermulkkadastr@nv.uz

navoiy.jpg

Tursunov Umar Bahronovich

tursunov_u._navoiy.jpg

Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi boshlig’i

Telefon:+99436 224-25-11

Elektron manzil: u.tursunov@nv.uz

Qabul kunlari: Dushanba, Payshanba 10:00 dan 13:00 gacha

 

Boliyev Jaxongir Abdaxatovich

boliev_zh._navoiy.jpg

Er tuzish va ko'chmas mulk kadastri davlat korxonasi rahbari

Telefon: +99436  224-02-31

Qabul kunlari: Seyshanba, Juma 10:00 dan 13:00 gacha

 

Boshqarma vazifalari

Yer uchastkalari, bino va inshootlar hamda ko'p yillik daraxtlarga bo'lgan huquqlar, ularning bir huquq egasidan boshqasiga o'tishi, tugatilishi, yer uchastkasi, bino va inshootlar hamda ko'p yillik dov-daraxtlarga bo'lgan huquqlarning cheklanishi to'g'risida avtomatlashtirilgan ma'lumotlar bazasini yaratish va yuritish;

Davlat yer kadastri, bino va inshootlar davlat kadastri ma'lumotlari to'g'risida avtomatlashtirilgan ma'lumotlar bazasini yaratish va yuritish;

Davlat yer kadastri, bino va inshootlar davlat kadastrini yuritish bilan bog'liq ishlarni tashkil etadi;

Axborot kommunikatsiya texnologiyasidan foydalangan holda interaktiv xizmatlarini ko'rsatish.

«Yermulkkadastr» davlat korxonasi o'ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi

Viloyatdagi shahar va tuman yer tuzish va ko'chmas mulk kadastri davlat korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatlarini muvofiqlashtirish;

Yer tuzish ishlarni amalga oshirish, yer ajratish uchun zarur bo'lgan materiallarni tayyorlash;

Davlat yer kadastri, bino va inshootlar davlat kadastri ma'lumotlar bazalarini yaratish va aktual holatda tutish, tezkor ravishda yangilab borish hamda uning zamonaviy saviyada bo'lishini ta'minlash;

Topografiya, geodeziya va kadastr s'yomka ishlarini bajarish:

Yer uchastkalari, bino va inshootlarni  planlari, kadastr indeks elektron xaritalarini tuzish va yuritishni tashkil qilish;

Yer uchastkalari, bino va inshootlarni inventarizatsiyalash ishlarini tashkil qilish;

Bino va inshootlarni soliqqa tortish maqsadida baholash va qayta baholash ishlarini tashkil qilish;

Yer uchastkalari, bino va inshootlar hamda ko'p yillik dov-daraxtlarga  bo'lgan huquqlarni hamda ular bilan bog'liq bitimlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish ishlarini tashkil etish;

Ma'muriy-hududiy tuzilmalarning chegaralarini aniqlash va belgilash ishlarida ishtirok etish;

Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni belgilangan tartibda zarur kadastr ma'lumotlari bilan ta'minlash;

Viloyatdagi yer tuzish va ko'chmas mulk kadastri davlat korxonalarini zaruriy me'yoriy-texnik hujjatlar bilan ta'minlashni tashkil etish;

Xodimlarning malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va o'qitish ishlarini tashkil qilish;

Viloyatdagi yer tuzish va ko'chmas mulk kadastri faoliyatida yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish;

«Yergeodezkadastr» davlat qo'mitasi, boshqarma, statistika va boshqa davlat organlariga belgilangan tartibda hisobotlar taqdim etish;

Davlat kadastrlari yagona tizimiga   kiritiladigan ma'lumotlarni takdim etish;

O'z faoliyati doirasida qonun hujjatlari talablarining buzilishi hollari to'g'risida tegishli davlat hokimiyati va davlat boshqaruvi organlarini, hamda yuridik va jismoniy shaxslarni xabardor etish;

Kadastr hujjatlari va ma'lumotlarini ruxsatsiz olish va oshkor etishdan belgilangan tartibda himoya etishni ta'minlash;

Arxiv ishini belgilangan tartibda tashkil etish va yuritish;

Kompyuterlashtirilgan ma'lumotlar bazasini yaratish va yuritish, shu bilan bog'liq ma'lumotlarni umumlashtirilgan holda, belgilangan tartibda va muddatlarda  “Ergeodezkadastr” davlat qo'mitasiga taqdim etib borish;

O'z faoliyati doirasida yuridik va jismoniy shaxslarga belgilangan tartibda  konsalting xizmatlarini qo'rsatish;

Shahar va tuman yer tuzish va ko'chmas mulk kadastri davlat korxonalarining ishlab chiqarish-xo'jalik faoliyatlarini tasdiqlangan rejaga muvofiq, zarur  hollarda esa rejadan tashqari tekshirish;

Shahar va tuman yer tuzish va ko'chmas mulk kadastri davlat korxonalarining mutaxassis-xodimlarini tasdiqlangan reja-grafikka muvofiq davriy ravishda attestatsiyadan o'tkazish;

Shahar va tuman yer tuzish va ko'chmas mulk kadastri davlat korxonalari tomonidan tayyorlangan kadastr hujjatlarni tanlab olish yo'li bilan ekspertizadan o'tkazish.

«Yermulkkadastr» davlat korxonasi o'z vakolat doirasida boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi  mumkin.

 

Foydali resurslar