Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

Qashqadaryo viloyati

Qashqadaryo viloyati Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi

Manzil:180100, Qarshi shahar, Nasaf  ko‘chasi, 1a uy

Telefon:+99875 227-51-13,

Faks:+99875 227-50-93

Veb sayt: qashqadaryokad.uz

E-mail:qarshikadastr@umail.uz

qashqadaryo.png

 

 

Usmonov Jasur Ziyodullaevich

6.png

Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi boshlig‘i 

Telefon: +99875 771-00-14,  227-75-56

Faks: +99875 227-74-72, 227-74-78

Qabul kunlari: Juma 9:00 dan 12:00 gacha

 

 

Buriyev Xikmatilla Ruzimurodovich

buriev_h._kashkadare_0.jpg

Er tuzish va ko'chmas mulk kadastri davlat korxonasi rahbari

Telefon: +99875 227-51-13

Faks: +99875 227-50-93.

Qabul kunlari: Payshanba 15:00 dan 18:00 gacha

 

Boshqarma vazifalari

 

-        Yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer munosabatlarini tartibga solish, yer tuzishni va yerlarning bazaviy va davriy monitoringini yuritish bo'yicha yagona davlat siyosatining amalga oshirilishni ta'minlash;

-        Tuproq unumdorligini oshirish, mavjud yerlardan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishga doir dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

-        Yerlardan foydalanish va muhofaza qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

-        Boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;

-        Davlat yer kadastri hamda bino va inshootlar kadastrini yuritishni muvofiqlashtirish hamda nazoratini olib borish;

-        Davlat kadastrlari yagona tizimiga (DKYAT) kiritiladigan ma'lumotlarni belgilangan tartibda tayyorlash va yuqori tashkilotiga taqdim qilinishini tashkil qilish;

-        Qonun hujjatlarida belgilangan boshqa vazifalarni amalga oshirish.

Boshqarma o'ziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi

-        Yer munosabatlarini tartibga solish tizimini takomillashtirish, yerlardan oqilona foydalanish va muhofaza qilishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirilishini ta'minlaydi;

-        Qo'mita tizimdagi korxona va tashkilotlar tomonidan davlat byudjeti mablag'lari hisobiga ushbu viloyat hududida bajariladigan yer tuzish va yer kadastri, geodeziya-topografiya, kadastr va boshqa ishlarning bajarilishida amaliy yordam ko'rsatadi va doimiy monitoringini yuritadi.

-        Davlat boshqaruv organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning yerdan foydalanish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

-        Yer tuzish, yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish, yer resurslarini hisobga olish va baholashni takomillashtirishga yo'naltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

-        Yerlardan foydalanish va uni muhofaza qilish, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar, davlat boshqaruv organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan yer qonunchiligiga amal qilishi ustidan davlat nazoratini tashkil etadi va amalga oshiradi, yo'l qo'yilgan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish bo'yicha o'z vaqtida choralar ko'rilishini ta'minlaydi;

-        Yer fondining holatini nazorat qilish, o'zgarishlarni o'z vaqtida aniqlash, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish maqsadida yer monitoringini amalga oshiradi;

-        Joylardagi davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda yerlardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish bo'yicha hududiy dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

-        Tegishli korxona va tashkilotlar bilan birgalikda qonunda belgilangan tartibda yer uchastkalarini ajratish yoki olib kuyish bo'yicha takliflar tayyorlaydi;

-        Ma'muriy-hududiy bo'linishlar chegaralarini aniqlash va tiklashni tashkil etadi;

-        Mahalliy davlat xokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

-        Davlat yer kadastri hamda bino va inshootlarning davlat kadastrini yuritilishini tashkillashtiradi;

-        Tumanlar va aholi punktlarining ma'muriy chegaralarini belgilash (aniqlash) ishlarini tashkil qiladi va amalga oshiradi;

-        Foydalanuvchilarni kadastr axborotlari bilan ta'minlaydi;

-        Viloyat yer resurslarining holati to'g'risida belgilangan tartibda xar yili hisobot tuzadi va «Yergeodezkadastr» davlat qo'mitasiga taqdim etadi.

 

 

 

Foydali resurslar