Toshkent shahri bo`yicha kadastr ma`lumotnomasini online rejimda olish imkoniyati yaratildi

Endilikda «DAVREESTR.UZ» Axborot –resurs portalida Toshkent shahri bo’yicha ko`chmas mulk Davlat Reestiridan kadastr korxonasi yoki Davlat xizmatlari Markazlariga murojaat qilmagan holda online tarzda ma`lumotnoma olish imkoniyati yaratildi.

«DAVREESTR.UZ» portali orqali Davlat reyestridan ma'lumotnoma olish uchun quyidagi amallar bajariladi:

1. ONE ID - yagona identifikatsiya va autentifikatsiya tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tish

2. Yuqorida belgilangan formaga o‘zingizni qiziqtirgan ob'yektning kadastr raqamini kiriting.

3. Tayyor ma'lumotnomani shaxsiy kabinet orqali .pdf formatda yuklab olinadi. Ma'lumotnoma elektron imzo bilan tasdiqlangan bo‘lib, ma'lumotlar haqqoniyligini QR kod orqali tekshirish imkoniyati mavjud.

 

 

Davlat Reestridan berilgan ma'lumotnomada har qanday turdagi ko‘chmas mulk ob'yekti to‘g‘risida quyidagi ma'lumotlar aks etadi:

1. Ko‘chmas mulk ob'yektini ro‘yxatga olish vaqtida biriktirilgan noyob kadastr raqami va aniq joylashgan manzili.

2. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq va huquq ro‘yxatdan o‘tkazilgan sana.

3. Ob'yekt egalari soni va ularning ismi-sharifi.

4. Ta'qiq mavjud/mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar (garov, xatlash va hokazo.).

Ko`chmas mulk obyektlari bo`yicha ma`lumotnoma oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, vasiyatnoma va boshqa shartnomalarni rasmiylashtirish uchun taqdim etiladi.

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 710
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing