O’zbekiston Respublikasi “Kadastr va ko’chmas mulkni ro’yxatdan o’tkazish tizimlarini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida matbuot anjumani bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 10 yanvar kuni O’zbekiston Milliy matbuot markazida “Kadastr va ko’chmas mulkni ro’yxatdan o’tkazish” mavzusida matbuot brifingi bo’lib o’tdi. Mazkur brifingda Davyergeodezkadastr qo’mitasi, Adliya Vazirligi, Markaziy Bank hamda uning tizimidagi banklar vakillari, shuningdek, mahalliy ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.

Matbuot brifingi davomida Davyergeodezkadastr qo’mita raisining o’rinbosari Sherzod Habibullayev O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e'tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida» 2018 yil 20 apreldagi

PF-5421-son farmoni ijrosini ta'minlash chora-tadbirlari haqida”gi 461-son qarori yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida hamda Yer huquqi bo’yicha loyiha boshqaruv guruhi mutaxassisi Aleksandr Samborskiy loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bo`yicha taqdimot qilishdi. Shu bilan birga matbuot brifingi davomida OAV xodimlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar berildi.

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 773
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing