Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

DAVLAT KARTOGRAFIYA-GEODEZIYA FONDI

Direktor: Kenjaboyev Murodil Nabijonovich

Manzil: Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Eshon Boboxon ko`chasi, 67A uy

Transport: Avtobus: 90m, 29.

Telefon: 0 (371) 246-77-32         

Faks: 0(371) 246-77-32

Web-sayt: geodeziya.uz

Elektron pochta: kartfond@umail.uz 

Qabul kunlari: Seshanba 14:00 dan 16:00 gacha, Juma 10:00 dan 12:00 gacha

 

 

Korxona faoliyatining maqsad va vazifalari

 

O'zbekiston Respublikasi hududida Davlat geodeziya nazorati 1993 yil 3 iyuldan amalga oshirilmoqda.

Mustaqillikka erishilgandan keyin, Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 24 martadagi № 139 qarori bilan O'zbekiston Respublikasi Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi (O'zRDGNI) tashkil qilindi.

2004 yil 19 oktyabrda Geodeziya nazorati davlat inspeksiyasi, Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasiga aylantirildi («Yergeodezkadastr» davlat qo’mitasi huzuridagi DGNI).

DGNI geodeziya va kartografiya faoliyati sub’yektlari tomonidan geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish bo’yicha normativ-texnik hujjatlar talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

DGNI ning muhim vazifalaridan biri O'zbekiston Respublikasining o’zgartirishlar kiritib boriladigan ma’lumotnoma tariqasidagi xaritasini yuritish hisoblanadi.

Mazkur xaritada joyda ro’y bergan o’zgarishlar hisobi yuritilib, nashr qilinadigan topografik va mavzuli xaritalarda ushbu o’zgarishlar aks ettiriladi.

DGNI faoliyatida “Yergeodezkadastr” davlat qo’mitasi va boshqa idoralarning geodeziya, topografiya va kartografiya ishlarini bajarish bo'yicha normativ-texnik hujjatlarini takomillashtirish muhim o’rin tutadi.

Davlat kartografiya geodeziya fondini (DКGF) faoliyat olib borishini ta'minlashda, ekspertizadan o’tgan bajarilgan ishlar texnik hisobotlari doimiy ravishda yuborilmoqda. Shuningdek foydalanuvchilarga qoninchilikda belgilangan tartibda  DКGF materiallari va ma’lumotlari taqdim etilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 15 noyabrdagi  №250-sonli Qaroriga binoan DGNI Geodeziya va kartografiya davlat kadastri ishlarni ijrochisi hisoblanadi. 2005-2012 yillarda Geodeziya va kartografiya davlat kadastrini ob’yektlari avtomatlashtirilgan hisobini yuritish uchun dasturlar («TopGeodKad», «CKGF» va « GKDK») yaratildi.

Hozirgi vaqtda GKDK electron bazasida 17099 topografik xaritalarning noshirlik originallari, 13002 topografik xaritalar, 13000 dan ortiq geodezik punktlar, 1886 texnik hisobotlar, 1148 texnik loyiha (dasturlar) bo’yicha to’liq ma’lumotlar mavjud.

GKDK ob’yektlari to’g’risida ma’lumotlar «ArcGIS» dasturi formatida DKYAT (GKММ)ga doimiy ravishda taqdim etilmoqda.

 

 

 

Foydali resurslar