Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

"Geoinformkadastr" davlat unitar korxonasi

Direktor: Mayinov Shuxrat Kuchkarovich

Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Chilonzor S mavzesi, Cho'ponota ko'chasi.

Transport: Metro: Mirzo-Ulug‘bek bekati, avtobus: № 2, 33, 94, 98, 150;

Тelefon: 0(371) 278-03-43;              

Faks: 0(371) 273-70-21

Web sayt: geoinformkadastr.uz

Elektron pochta: geoinform@inbox.uz

 

Korxona faoliyatining maqsad va vazifalari

 

O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasiga hamda muassisga yuklatilgan O‘zbekistonda yagona yer siyosatini yuritish, “Yer kodeksi”, “Davlat kadastri” qonuni va qarorlar davlat yer kadastrining yagona tizimini yaratish va respublikada yagona yer siyosatini yuritish maqsadida ishlab chiqarishga zamonaviy kompyuter texnologiyalarini jalb etish, GAT-geoaxborot tizimlarini yaratish vazifalaridan kelib chiqqan holda, qo‘yidagilar korxonaning asosiy faoliyat maqsadlari etib belgilanadi:

Davlat maqsadidagi hamda maxsus maqsaddagi grafik, raqamli, fotosuratli va boshqa shakllardagi topografiya xaritalari va planlarini yaratadi va yangilaydi;

Talab etilgan miqyosdagi elektron –raqamli xaritalar yaratish;

Talab etilgan miqyosdagi topografik-geodezik, kartografik izlanishlarni amalga oshirish;

Tarmoqqa ilg‘or GAT-texnologiyalarni jalb qilish va boshqaruvni yengillashtirish;

Davlat yer kadastri xujjatlarini shakllantirish uchun izlanishlarni amalga oshirish, davlat kadastrining avtomatlashtirilgan ma‘lumotlar tizimini shakllantirishda majmuali dasturlar yaratish va komьpyuter xizmatlari ko‘rsatish;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi chiziqlarini delimitatsiya, demarkatsiya qilishni va tekshirishni geodeziya, kartografiya va gidrografiya jihatidan ta‘minlash;

Viloyatlar, temanlar va aholi punktlarining ma‘muriy chegaralarini belgilash va aniqlashda tepografik-geodeziya ishlarini amalga oshirish;

Xo‘jalikni yuritish va boshqarish sub‘ektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini hamda mintaqada iqtisodiy islohotlar olib borilishini taxlil qilib borish;

Muassis manfaatlarini e‘tiborga olib, xalqaro konferentsiyalar, simpoziumlar, seminarlar, ko‘rgazmalarda qatnashish va tashkil etish, chet ellarga o‘zaro delegatsiyalar va mutaxassislar yuborishni yo‘lga qo‘yish;

O‘zining xo‘jalik va ishlab chiqarish faoliyatidan daroma (foyda) olish.
 

Korxona loyiha oldi, loyiha ishlari, plan-kartografik xujjatlar tuzish ishlari, qidiruv, barcha yerlarni shuningdek foydalanilmayotgan, samarasiz foydalanilayotgan yoki belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan yerlarni yo‘qlamasini o‘tkazish, boshqa yer tuzish va davlat kadastrlari maqsadlari uchun mazkur ishlarni amalga oshiradi.

Korxona O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan tijorat asosida ilmiy, loyihalash, qidiruv, tadqiqot va boshqa ishlarni bajarish bo‘yicha tashqi iqtisodiy faoliyatni mustaqil ravishda amalga oshirishga haqlidir.

Korxona O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi tomonidan ta‘qiqlanmagan boshqa faoliyat turlarini ham amalga oshirishga haqlidir. 

 

Muassisning huquq va majburiyatlari

 

Korxona muassisining huquqlari:

korxona faoliyatining maqsadli, predmeti, turlarini belgilash;

korxona nizomi va tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash;

korxona nizomiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;

korxona rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini mehnat to‘g‘risidagi qonun xujjatlarida belgilangan tartibda muddatidan oldin to‘xtatish;

korxona mulkiga oid bitishuvlarni haqiqiy emas deb e‘tirof etish to‘g‘risidagi da‘vo bilan sudga murofaat qilish;

korxonaning ortiqcha, foydalanilmayotgan yoxud belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan mulkini olib qo‘yish va ularni tasarruf etish;

zarurat bo‘lganda, Vazirlar Mahkamasiga Korxonani xususiylashtirish yoki davlat tasarrufidan chiqarish bo‘yicha mtaklif kiritish;

 

Muassis quyidagilarga majbur:

korxona rahbarini tayinlash, mehnat to‘g‘risidagi qonun xujjatlariga muvofiq mehnat shartnomasini tuzish;

korxonaning har yilga biznes-rejasini tasdiqlash, har chorakda ijro etuvchi organning biznes-rejasini bajarilishi haqidagi hisobotni eshitish;

davlat korxonasining ijro organiga Davlat korxonasining mulkini tasarruf etishda ruxsatnomalar berish to‘g‘risidagi qarorini tegishli ravishda Davlat mulki qo‘mitasi yoki uning hududiy boshqarmasi bilan kelishish;

korxonaga berilgan davlat mulkidan maqsadli foydalanilishini va saqlanishini nazorat qilish, shuningdek uning begonalashtirilishini nazorat qilish.

 

 


 

Foydali resurslar