Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

Andijon viloyatining 2 ta tumanida yangi ma’muriy bino foydalanishga topshirildi.

2018 yilning 4 dekabr kuni Qo‘rg‘ontepa tumanida zamonaviy, soha xodimlariga moslashgan, fuqaro va tadbirkorlarga sifatli xizmat ko‘rsatilishi kafolatlangan 2 qavatli, qulay sharoitlarga ega bo‘lgan “Yermulkkadastr” Qo‘rg‘ontepa tuman bo‘limi va filialini ma’muriy binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Avvallari tizimning tuman(shahar) bo‘lim va filiallarida faoliyat ko‘rsatayotgan rahbar va xodimlar tuman hokimligi tomonidan ajratilgan 3-4 ta umumiy moslashtirilgan xonalarda faoliyat yuritib kelgan bo‘lsa, bugungi kunda 18 ta xonadan iborat bo‘lgan 2 qavatli zamonaviy tipda qurilgan binoning arxiv xonasi, bir oyna bo‘limi hamda xodimlarga qulay va sharoitlari yuqori bo‘lgan xonalari, shuningdek, alohida oshxonasi mavjud.

2-a.jpg

Andijon viloyatining Asaka tumanida esa 2 qavatli qarovsiz holda turgan bino sotib olinib, qayta ta’mirlandi. 16 ta xonadan iborat zamonaviy tipdagi ma’muriy bino 5 dekabr kuni foydalanishga topshirildi.

3-a.jpg

Hozirda 2019-2021 yillar mobaynida qolgan tuman bo‘lim va filiallarning ma’muriy binolarini qayta qurish va ta’mirlash ishlari rejalashtirilmoqda.

4-a.jpg

Foydali resurslar