Kompyuter va geoaxborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi
"Kompyuter va geoaxborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi" davlat unitar korxonasi
Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Chilonzor S mavzesi, Cho'ponota ko'chasi. Telefon: +99871 202-01-23 Veb-sayt: www.geoinfocom.uz Elektron pochta: info@geoinfocom.uz |
![]() |
Turg'unov Xurshid Xasanovich
Geoinfokom direktori
Telefon: +99871 202-01-23
Elektron pochta: info@geoinfocom.uz
Qabul kunlari: Seshanba va juma kunlari soat 10-00 dan 12-00 gacha
Korxona faoliyatining maqsad va vazifalari
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 2 oktyabrdagi 729-F-sonli farmoyishiga koʻra O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat qoʻmitasi huzurida Kompyuter va geoaxborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi (Geoinfocom) davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etilgan.
"Geoinfocom" DUKning asosiy faoliyati quyidagilardan iborat:
- Oʻzbekiston Respublikasi Davyergeodezkadastr qoʻmitasini axborot tizimlariga hamda server va telekommunikatsiya uskunalari, kompyuterlar, orgtexnika va tegishli dasturiy ta’minotlariga texnik va tizimli xizmat koʻrsatish;
- Davyergeodezkadastr qoʻmitasi tizimida axborot tizimlari va dasturiy ta’minot mahsulotlarini, shuningdek mijozlar talablariga mos turli darajadagi tizimlar ishlab chiqish.
“Geoinfocom” DUK tashkil etilganidan buyon bir qator axborot tizimlari va dasturiy ta'minot mahsulotlari ishlab chiqilgan va joriy etilgan boʻlib, ulardan Davyergeodezkadastr qoʻmitasi tizimida samarali foydalanib kelinmoqda.
