“Kadastr, yer tuzish va geoaxborot tizimlarini takomillashtirish” mavzusidagi o'quv kursi o'z yakuniga yetdi

Davyergeodezkadastr qo'mitasi tizimidagi kadrlar salohiyati va malakasini oshirish bugungi kunning asosiy vazifalaridan biri etib belgilanganligini inobatga olgan holda, qo'mita kadrlar bo'limi tomonidan tizimdagi xodimlarning geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlarini yuritishda qo'llanilayotgan innovatsion texnika va texnologiyalardan foydalanish mahoratini shakllantirish maqsadida Yevropa ta'limi instituti (YTI)ning Toshkentdagi filiali bilan birgalikda tashkil etilgan “Kadastr, yer tuzish va geoaxborot tizimlarini takomillashtirish” mavzusidagi o'quv kursi o'z yakuniga yetdi. 10 kun davom etgan mazkur o'quv kursi yakunida YTIning texnika fanlari nomzodlari, professorlar Ivan Kunchev hamda Elena Peneva-Zlatkovalar tomonidan berilgan nazariy bilimlarni Qo'mita tizimidagi tinglovchilar qanday o'zlashtirganliklarini aniqlash va ularni ish faoliyatida, amaliyotda qo'llay olish darajasini bilish maqsadida test sinovidan o'tkazildi. Mazkur o'quv kursida ishtirok etgan 100 nafar tinglovchilar test sinovlaridan muvaffaqiyatli o'tishdi va ularga YTIning Toshkentdagi filiali tomonidan maxsus sertifikatlar topshirilishi rejalashtirilmoqda. Kelgusida qo'mita tizimidagi hududiy boshqarma, korxona va tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan xodimlarni ish yuritish, ijro intizomi, hujjatlarni to'g'ri yuritish va rasmiylashtirish yo'nalishlari bo'yicha malakalarini oshirish bosqichma-bosqich o'tkazilishi ko'zda tutilgan.

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 696
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing