Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

Jahon banki missiyasi «Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish va kadastr tizimlarini modernizatsiyalash» loyihasi bo‘yicha seminarlarda ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (Davergeodezkadastr) joriy yilning 22-25 oktabr kunlari Samarqand va Toshkent shaharlarida Jahon banki ko‘magida amalga oshirilayotgan kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish sohasida davlat xizmatlarining sifatini oshirishga qaratilgan loyihalarni taqdim etdi.

29.10.5.jpg

Tadbirlarda Davergeodezkadastr vakillari, vazirlik va muassasalar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, oliy o‘quv yurtlari, xalqaro moliya institutlari, banklar, sug‘urta kompaniyalari, notariuslar, xususiy sektor, shu jumladan geodeziya va baholash xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar, ko‘chmas mulk agentliklari xamda qurilish kompaniyalar vakillari ishtirok etdilar.

29.10.2.jpg

Tadbirlar dasturidan joy olgan quyidagi mavzular bo‘yicha ma’ruzalar taqdim etildi: axborot resurslari va tizimlarini jadal rivojlanishni ta’minlab beruvchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini kadastrni ro‘yxatga olish va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimiga joriy etish, aholi, davlat organlari va tadbirkorlik sub’ektlariga sifatli interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish masalalari. 

Davergeodezkadastr, Jahon banki, mahalliy va xorijiy mutaxassislar seminar ishtirokchilari bilan Davergeodezkadastrning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasi, ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish va kadastr uchun yagona axborot tizimlarini yaratish, ro‘yxatdan o‘tkazish yozuvlarini raqamlashtirishda qo‘llaniladigan eng yaxshi amaliyotlar xamda ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish va kadastr soxasidagi faoliyatni tartibga soluvchi huquqiy normalarni ishlab chiqishga oid ma’lumotlarni ulashdilar.

29.10.4.jpg

Shuningdek, ma’ruzachilar hukumatimiz tarafidan yaqinda qabul qilingan siyosiy qarorlar, shu jumladan, o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori hamda tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorga izoh berib o‘tdilar.

Tadbirlar yakunida, 2018 yil 26 oktabr kuni Davergeodezkadastr qo‘mitasi raisi Abdushukur Abdullaevning Jahon banki missiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvda Jahon banki vakillari qo‘mita raxbarini yer bozorini liberallashtirish sohasida O‘zbekistonda yuz berayotgan o‘zgarishlar bilan qutlab, bu mamlakatning tashqi va ichki sarmoya muhitini yaxshilashga qaratilgan katta odim ekanligini ta’kidlab o‘tdilar.

29.10.3.jpg

O‘z navbatida, Davergeodezkadastr qo‘mitasi raisi Jahon banki missiyasiga «Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish va kadastr tizimlarini modernizatsiyalash» loyihasi doirasida ko‘rsatib kelayotgan analitik va moliyaviy ko‘magi uchun minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, u ushbu loyihaning kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini yaxshilash, aholi, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, davlat organlari ehtiyojlarini qondirish va O‘zbekiston Respublikasi salohiyatini rivojlantirish uchun alohida ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

 

 

Foydali resurslar