Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

DIQQAT ! TANLOV!

O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi (Davergeodezkadastr) jurnalistlar o'rtasida “Ko'chmas mulkni ro'yxatdan o'tkazish va kadastr tizimini modernizatsiyalash” (KMRKTM) loyihasi, KMRKTM ning maqsadlari, tadbirlar, natijalari, ushbu loyiha amalga oshirilishidan davlat va fuqarolar uchun ko'riladigan foyda” mavzusida tanlov e'lon qiladi.
Mazkur tanlovni o'tkazishdan maqsad, jamoatchilik diqqatini eng dolzarb ijtimoiy masalalarga qaratish va KMRKTM loyihasining ijobiy amaliyoti va jihatlarini keng yoritishdan iboratdir.
Asosiy vazifa – KMRKM loyihasining davlat va fuqarolar uchun ijobiy ta'sirini keng yoritish va targ'ibot qilish, Davergeodezkadastr qo'mitasi va keng jamoatchilik, steykxolderlar va professional uyushmalar o'rtasidagi samarali hamkorlik namunalari to'g'risida ma'lumot berib borish. Tanlovda jurnalist tekshiruvi va reportaj janrlarida yozilgan maqolalar, shuningdek ijtimoiy tarmoqlardagi postlar ko'rib chiqiladi. Unda turli OAV da ishlovchi hududiy jurnalistlar hamda o'ziga xos noyob kontentlarni yaratayotgan blogerlar ishtirok etishlari mumkin.
Davergeodezkadastr qo'mitasi Ekspertlar kengashining qaroriga ko'ra, Tanlovga 2018 yil 1 noyabrdan 2019 yil 1 yanvargacha OAV da e'lon qilingan (efirga uzatilgan) materiallar taqdim etiladi. Tanlovga ishlarning taqdim etilishi OAV tahririyatlari va material mualliflari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Tanlov besh nominatsiya bo'yicha o'tkaziladi:
• “Respublika bosma OAV larida e'lon qilingan eng yaxshi maqola”;
• “Hududiy bosma OAV larida e'lon qilingan eng yaxshi maqola”;
• “Elektron OAV larda e'lon qilingan eng yaxshi maqola”;
• “Eng yaxshi videorolik”;
• “Eng yaxshi audiorolik”.
Tanlovga taqdim etilgan ishlarga quyidagi talablar qo'yiladi:
Videorolik: Tanlov mavzusi bo'yicha istalgan janrda tayyorlanib, televidenie va/yoki elektron OAV larda namoyish etilgan materiallar videotasviri. Videoyozuv xronometraji – 60 soniyadan ortiq emas.
Audiorolik: Tanlov mavzusi bo'yicha istalgan janrda tayyorlanib, radio va/yoki elektron OAV lar orqali efirga uzatilgan etilgan materiallar audioyozuvi. Audioyozuv xronometraji – 60 soniyadan ortiq emas.
Bosma OAV:
o tahririyat uchun: gazetaning kamida 5 ta sonida, jurnalning kamida 3 sonida bosma va elektron ko'rinishda chop etilgan maqolalar;
o alohida mualliflar uchun – tanlab olingan nominatsiyalarning har birida kamida 3 ta material.
Elektron OAV lardagi maqolalar – kamida 3 ta maqola (tashriflar soni va saytga havola (manzil)
Tanlovga taqdim etilgan ishlar quyidagi mezonlar bo'yicha baholanadi:
• Tanlangan nominatsiyaga muvofiqligi.
• Materialda umumiy mavzuning to'liq va ochiq yoritilishi.
• Professional mahorat.
• G'oyaning, ijodiy syujetning ifodalanishi va amalga oshirilishidagi o'ziga xoslik (originallik).
• G'oya va syujet mazmunining ifodalanishi va ochib berilishidagi asoslanganlik va xolislik.
• Bayon etish tilining aniqligi va tushunarliligi.
Ishlar o'zbek va rus tillarida taqdim etiladi. Taqdimotning afzal varianti – elektron ko'rinishda taqdim etilgan materiallar. Davergedezkadastr qo'mitasi Ekspertlar kengashi “Respublika bosma OAV larida e'lon qilingan eng yaxshi maqola”, “Hududiy bosma OAV larida e'lon qilingan eng yaxshi maqola” va “Elektron OAV larda e'lon qilingan eng yaxshi maqola” nominatsiyalari bo'yicha Tanlovda birinchi o'rinni olgan bitta g'olibni, Tanlovda ikkinchi o'rinni olgan bitta laueratni va Tanlovda uchinchi o'rinni olgan bitta laureatni aniqlaydi.
 Birinchi o'rin sohibi bo'lgan g'olib planshet va Davergedezkadastr qo'mitasining diplomi, 2-o'rin sohibi – USB-flesh-to'plagichi (1TV) va Davergedezkadastr qo'mitasining diplomi, 3-o'rin sohibi – kompyuter kolonkalari va Davergedezkadastr qo'mitasining diplomi bilan taqdirlanadi.
Davergedezkadastr qo'mitasi Ekspertlar kengashi “Eng yaxshi videorolik” va “Eng yaxshi audiorolik” nominatsiyalari bo'yicha 1-o'rinni egallagan bittadan g'olibni aniqlaydi. “Eng yaxshi videorolik” nominatsiyasi bo'yicha g'olib televizor va Davergedezkadastr qo'mitasi diplomi, “Eng yaxshi audiorolik” bo'yicha g'olib planshet va Davergedezkadastr qo'mitasining diplomi bilan taqdirlanadi.

Ekspertlar kengashi Tanlovda ishtirok etishi uchun o'zbek OAV monitoringi natijalariga ko'ra tanlab olingan maqolalar (syujetlar)ni taklif qilish huquqiga ega. Tanlovga elektron ko'rinishda “OAV Tanlovi” belgisi bilan taqdim etiladigan materiallar 2018 yil 31 dekabrgacha Tanlov@ygk.uz manzili bo'yicha qabul qilinadi. Tanlov yakunlari Davergedezkadastr qo'mitasi rasmiy saytining https://www.facebook.com/uzkadastr/ sahifasida va https://t.me/ygk_uz telegram-kanalida e'lon qilinadi. Tanlov g'oliblarini taqdirlash bo'yicha tantanali marosim 2019 yil fevral oyida Davergedezkadastr qo'mitasining binosida o'tkaziladi. Taqdirlash marosimi o'tkaziladigan sana va joy haqida Tanlov laureatlarini aniqlash ishlari yakunlanganidan keyin qo'shimcha ma'lumot beriladi.

Foydali resurslar