Hamkorlik to`g`risida memorandum imzolandi.

20 oktyabr kuni Davyergeodezkadastr qo`mitasida Yerni masofadan zondlash ma'lumotlarini va yuqori aniqlikdagi navigatsiya tizimlarini qo'llash bo'yicha hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi yer resurslar, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi va «Milliy kompaniya «Қазақстан Ғарыш Сапары» AJ hamkorlik to`g`risida memorandum imzolandi. 
Ushbu memorandum doirasida tomonlar quyidagi sohalarda hamkorlik qilishni rejalashtirmoqdalar:
-  kosmik tadqiqot va izlanishlar, texnologiyalar va ularni tadbiq qilish;
-  geoservis va geomahsulot ko`rinishida Yerni masofadan zondlash natijalarini tahlil qilish, yangilash;
-  yuqori aniqlikdagi sun'iy yo'ldosh joylashishini aniqlash tizimini yaratish;
-  yuqori va standart aniqlikda navigatsiya uskunalarini yaratish;
-  sun'iy yo'ldosh navigatsiya uskunalarini tekshirish uchun laboratoriya yaratish va hk.
Shuningdek Memorandum doirasida tomonlar Davyergeodezkadastr qo`mitasi mutahassislarini dasturlarini ishlab chiqish va amalga joriy etish, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishga qaratilgan kosmik texnologiyalarni joriy etish va masofaviy zondlash tadqiqotlarini o'tkazish va rivojlantirish yo`nalishlarida malaka oshirish ishlari haqida ham aytib o`tildi.

 

bezymyannyy.png

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 802
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing