Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

“O’zdavyerloyiha" davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning bo'linmalari

Direktor: Turayev Ruxiddin Amirqulovich

Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Chilonzor S mavzesi, Cho'ponota ko'chasi.

Transport: Metro: Mirzo-Ulug‘bek bekati, avtobus: № 2, 33, 94, 98, 150;

Telefon: 0(371) 277-03-20;               Faks: 0(371) 277-03-20;

Web-sayt: http://uzdavyerloyiha.uz

Elektron pochta: uzdavyerloyiha@inbox.ru

Qabul kunlari: Seshanba, chorshanba 10:00 dan 12:00 gacha.

 

 

Korxona faoliyatining maqsad va vazifalari

 

“O'zbek davlat yer tuzish ilmiy-loyihalash instituti “O’ZDAVYERLOYIHA” O'zbekiston Respublikasi Ministrlar Sovetining 1961 yil 24 martdagi 205-sonli qaroriga asosan tashkil qilingan va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 19 oktyabrdagi “O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi 483-sonli qaroriga binonan O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi tarkibiga kiritilgan. Korxona faoliyatining asosiy maqsadi davlat boshqaruvi organlari qarorlarini amalga oshirishga qaratilgan yer tuzish va yer kadastri sohasidagi kompleks tadbirlarni bajarishga yo'naltirilgan ilmiy-loyihalash, loyiha-qidiruv ishlari, yerlardan maqsadli, samarali foydalanish, ularni muhofaza qilish, tuproq unumdorligini saqlash, tiklash hamda oshirish sohasidagi quyidagi ishlarni bajaradi.

Respublika va hududlarda yer resurslaridan istiqbolda samarali foydalanish va muhofaza qilish bo'yicha kompleks dasturlar, texnik-iqtisodiy asosalar, sxema va takliflar ishlab chiqish, viloyat va tumanlarda yer tuzish sxemalarini tayyorlash, respublika, viloyat, tumanlar ma'muriy chegaralarini aniqlash hamda o'rnatish.

 

Xo'jaliklararo yer tuzishda:

-        Yangi yer uchastkalarini tashkil qilish hamda mavjud yer uchastkalarini tartibga solish loyihalarini tuzish;

-        Yer uchastkalarining chegaralarini belgilash;

-        Yer uchastkalarini ajratish loyihalarini tuzish;

-        Yer uchastkasidan doimiy foydalanish, egalik qilish, umrbod meroslik qilish hamda ijaraga berish huquqini beruvchi hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish;

-        Qayta tashkil etilayotgan qishloq xo'jaligi korxonalarining yerlarini qayta taqsimlash loyihalarini ishlab chiqish; 

-        Agroxo'jalik, tuproq agrokimyoviy, geobotanik tekshiruvlarni amalga oshirish, erlarning sho'rlanish darajasini aniqlash, topografik-geodeziya ishlari, plan – kartografik hujjatlarni tayyorlash ishlarini amalga oshirish;

-        Yerlarning grafik hisobini olib borish, tuproq bonitirovkasi, yerlarni me'yoriy qiymatini aniqlash, yer fondlarini inventarizatsiya qilish va yer uchastkalariga bo'lgan huquqlarining hujjatlarini rasmiylashtirish;

-        Aholi punktlari, chorvachilik va boshqa qishloq xo'jalik ob'ektlari hamda boshqa qurilishlar uchun er uchastkalarini tanlash va ajratish ishlarini bajarish;

-        Yeroziyaga qarshi, gidrotexnik va o'rmon melioratsiyasi, buzilgan erlarni tiklash, ko'p yillik daraxtzorlarni yaratish, yaylovlarni yaxshilash, yerlarni o'zlashtirish, ularning meliorativ holatini yaxshilash, yerlarni asosli tekislash ishlari hamda yerlardan foydalanish va himoyalash bilan bog'liq bo'lgan boshqa kompleks tadbirlar loyiha – smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

 

Yer monitroingini olib borishda:

-        Qishloq xo'jalik ekinlari va yer turlarini o'lchash;

-        Tuproq monitoringi va tabiiy o'simliklar bilan band yem-xashak yerlari;

-        Hisobotlar va kartografik hujjatlar;

-        Yer monitoringi bilan bog'liq bo'lgan boshqa tekshiruv va qidiruv ishlarini amalga oshirish; 

-        Yer tuzish, yer monitoringi va yer kadastri masalalari bo'yicha me'yoriy hujjatlar, loyihalar, yer to'g'risidagi qonunchilikni takomillashtirish bilan bog'liq bo'lgan takliflarni ishlab chiqish;

-        Davlat kadastrining yagona tizimini yaratish va respublikada yagona yer siyosatini yuritish maqsadida ishlab chiqarishga zamonaviy texnikaviy kompyuter texnologiyalarini jalb etgan holda GAT-geoinfarmatsion tizimlarni yaratish va tadbiq etish;

-        Barcha miqyosidagi elektron raqamli xaritalar yaratishdan iborat.

Foydali resurslar