Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

2018 yil 28-sentyabr kuni «Davergeodezkadastr» qo'mitasida Jahon banki vakillari bilan navbatdagi uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvdan maqsad Jahon bankining O'zbekistondagi o'rta shaharlarni kompleks rivojlantirish rejasini batafsil muhokama qilish edi. Mazkur loyiha O'zbekistonning sarmoyaviy va sayyohlik salohiyatini oshirish, shuningdek, aholining turmush darajasini yaxshilashga qaratilgandir. Yaqin kelajakda Jahon banki uchta shaharni rivojlantirish va takomillashtirish bo'yicha pilot loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bular Kogon, Chortoq va Yangiyo'l shaharlaridir.
Jahon banki vakillari mazkur loyiha bo'yicha tayyorgarlik ishlari amalga oshirilishi uchun ushbu shaharlarning kartografik materiallari talab etilishini ta'kidlab o'tdilar. «Bunday ma'lumotlarning taqdim etilishi ushbu soxada eng yopiq hisoblanmish Sovet ittifoqi davri qonunchiligiga asoslangan qonun va meyoriy-xuquqiy hujjatlarda talab etiluvchi muayyan tasdiqlash tartib-qoidalariga bog'liqdir!», - dedi Davergeodezkadastr qo'mitasining rais o'rinbosari Sherzod Habibullaev. Ortiqcha byurokratik jarayonlarni bartaraf etish hamda tajriba loyihasi doirasida imkon qadar qisqa muddatlarda ishni boshlash maqsadida Kogon, Chortoq va Yangiyo'l shaharlariga maxsus maqom berilishi masala yechimlaridan biri ekanligi belgilab o'tildi.
Uchrashuv davomida Jahon banki vakillari tarafidan qonunchilikga doir muammolarni hal qilish uchun xorijiy maslahatchilarni jalb etish taklifi kiritildi.
Foydali resurslar