Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

Namangan Viloyati Kosonsoy tumanida qo`mita raisi o`rinbosarining sayyor qabuli bo`lib o`tadi

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018 yil 4 iyul kuni "Davgeodezkadastr" qo'mitasi rahbariyatining 2018 yilning ikkinchi yarim yilligida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlarning tumanlarida jismoniy va yuridik shaxslar bilan sayyor qabul kunlari o'tkazish to'g'risidagi reja grafigi tasdiqlangan.
Grafikka asosan, "Davergeodezkadastr" qumitasi raisining birinchi o'rinbosari Abdullaev To'lqin Mansurovich joriy yilning 20 sentyabr kuni soat 10:00 da Namangan viloyat Kosonsoy tumani xokimligi binosida jismoniy va yuridik shaxslar bilan sayyor qabul o'tkazadi.
Mazkur uchrashuvda jismoniy va yuridik shaxslarga yer maydonlari ajratish, kadastr xujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro'yxatidan o'tkazish, kadastr xujjatlarini tayyorlashda davlat xizmatlari uchun to'lovlar hamda yer va kadastr soxasiga oid muammolar va takliflar bo'lsa, sayyor qabulga tashrif buyurib, muloqot o'tkazishingiz mumkin.
         Sayyor qabulda qatnashish istagida bo'lgan yuridik va jismoniy shaxslar 2018-yil  20-sentyabr kuni soat 10:00 da Namangan viloyat Kosonsoy tumani xokimligiga tashrif buyurishlari mumkin.
Foydali resurslar