Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

Qishloq xo'jaligi korxonalarining Yagona elektron axborot ba'zasiga 4,5 mln tomorqa yer egasi haqida ishonchli axborotlar kiritildi

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 10 avgustdagi “Qishloq xo'jaligi korxonalari faoliyatiga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga asosan fermer va dehqon xo'jaliklari hamda qishloq xo'jaligi korxonalarining Yagona elektron axborot ba'zasi yaratildi. Yangi tizimda 4,5 mln tomorqa yer egasi haqida ishonchli axborotlar kiritildi. 
Poytaxtimizda mazkur qaror mazmun-mohiyatiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi raisi o'rinbosari Maqsud Ro'zmetov, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisi, O'zbekiston fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi vazifasini bajaruvchi Aktam Xaitov, O'zbekiston Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi agromonitoring markazi direktori Hikmat Nasrullaev ishtirok etdi. 
Tadbirda Yagona elektron axborot ba'zasining qishloq xo'jaligi korxonalari faoliyatini rivojlantirishdagi ahamiyati, tomarqa yer egalari va fermerlarga yaratadigan qulayliklari muhokama qilindi.
Foydali resurslar