Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

Qo‘mitada O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27-yilligi bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va ko‘tarinki ruhda o‘tkazish to‘g‘risida yig‘iish bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 27 avgust sanasida O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasida “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27-yilligi” bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va ko‘tarinki ruhda o‘tkazish to‘g‘risida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda qo‘mita markaziy apparatining barcha xodimlari, tizimdagi korxona, tashkilot rahbari va xodimlari hamda Davlat xavfsizlik xizmati mas’ul xodimi ishtirok etdi. Davergeodezkadastr qo‘mitasi raisi A.X.Abdullaev yig‘ilishga boshchilik qilib,  tizimidagi barcha rahbar va xodimlarni yaqinlashib kelayotgan Mustaqilligimizning 27 yilligi bilan qutladi. Shu bilan birga kirib kelayotgan bayramni tinch va ko‘tarinki ruhda o‘tkazish maqsadida qo‘mita tizimidagi barcha rahbar va xodimlarni Vatanimiz tinchligini ta’minlashga o‘z hissalarini qo‘shishga, ish vaqtida yoki ishdan tashqari vaqtlarda har doim ogoh bo‘lishga, bugungi kunda yon atrofda sodir bo‘layotgan voqea va hodislarga befarq bo‘lmaslikka chaqirdi. Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq “Ogohlik – davr talabi!” mavzusini yoritish bo‘yicha tayyorlangan “Jarga tutash yo‘l” nomli videorolik xodimlar e’tiboriga havola etildi.

dsc_4902.jpgdsc_4899.jpg

Foydali resurslar