Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

DAVERGEODEZKADASTR QO‘MITASI O‘ZBEKISTON HUDUDIGA UCHUVCHISIZ UCHISH QURILMALARNI OLIB KIRISH VA FOYDALANISH IMKONIYATIGA EGA BO‘LDI.

“O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidaO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 663-son qarori qarori kabul qilindi. Unga ko‘ra Davergeodezkadastr qo‘mitasi huzuridagi «Geoinnovatsion markaz» davlat unitar korxonasi O‘zbekiston hududiga uchuvchisiz uchish qurilmalarni olib kirish va foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Shu bilan birga Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi 529-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017y., 30-son, 733-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomning 11-bandi «d» kichik bandiga qo‘shilgan xatboshilarga muvofiq qo‘mita:

«uchuvchisiz uchish qurilmalarining funksional va texnik imkoniyatlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tashkil etadi va amalga oshiradi;

iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz uchish qurilmalarini qo‘llash va ulardan foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqadi;

uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish jarayonida olingan ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish, qayta ishlash va saqlash ishlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi;

uchuvchisiz uchish qurilmalari uchun konstruktiv elementlar ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich mahalliylashtirishda va dasturiy ta’minotni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

uchuvchisiz uchish qurilmalarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanishda eng zamonaviy texnologiyalar va xorijiy tajribaning joriy etilishini ta’minlaydi;

uchuvchisiz uchish qurilmalarini boshqarish sohasida mutaxassislarni tayyorlashga ko‘maklashadi;

operatatori bo‘lmagan uchuvchisiz uchish qurilmalarini faqat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruxsatnomasiga ega bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga iqtisodiyot tarmoqlaridagi boshqa tashkilotlar uchun operator bilan ijaraga beradi;

uchuvchisiz uchish qurilmalarini ta’mirlash va texnikaviy qo‘llab-quvvatlash xizmatlari ko‘rsatadi».

Foydali resurslar