Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

Geodeziya, kartografiya, kadastr va Yerni masofadan turib zondlash bo‘yicha davlatlararo Kengashning O‘zbekistondagi XL sessiyasi o‘z ishini yakunladi

2018 yil 14-15 avgust kunlari Toshkentda Geodeziya, kartografiya, kadastr va Yerni masofadan turib zondlash bo‘yicha davlatlararo Kengashning XL sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, O‘zbekiston Respublikalari va Rossiya Federatsiyasi katnashishdi, shu bilan birga Kartografiya va geodeziya xizmatlari rahbarlari va vakillari, shuningdek Turkmaniston Respublikasi vakillari kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi.

Davlatlararo Kengash XL sessiyasi majlisini Geodeziya, kartografiya, kadastr va Yerni masofadan turib zondlash bo‘yicha davlatlararo Kengash raisi, O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining raisi Abdushukur Hamidovich Abdullaev ochdi.

Birinchi kun milliy delegatsiyalar vakillarining Davlatlararo kengashning XXXIX sessiyasi qarorlari ijrosi bo‘yicha hisobotlari tinglandi. Faoliyatga loyihaviy boshqaruv prinsiplarini tatbiq qilish, “Geodeziya, kartografiya va fazoviy ma’lumotlar infratuzilmasi markazi” Federal Davlat budjet muassasasi (Rossiya Federatsiyasi) bazasida loyihaviy ofisni shakllantirish hamda MDH davlatlarining “eng yaxshi amaliyotlari” kutubxonasini shakllantirishni hisobga olib turib Davlatlararo Kengashning boshqaruv organlari tuzilmasi va Davlatlararo Kengash to‘g‘risidagi Nizomni modernizatsiya qilish bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi tomonidan berilgan taklif ma’qullandi.

                Fazoviy ma’lumotlar infratuzilmasi bo‘yicha Ishchi guruhining Davlatlararo kengashning XXXIX va XL sessiyalari oralig‘idagi davr mobaynida yuritgan faoliyati natijalari va Ishchi guruhning 2018-2019 yillar uchun faoliyati bo‘yicha taklif etilgan rejaning asosiy yo‘nalishlari ma’qullandi.

                Sessiya davomida MDH mamlakatlarida yerdan oqilona va samarali foydalanish, ushbu sohadagi munosabatlarni kompleks tarzda muvofiqlashtirish masalalari muhim ahamiyatga ega bo‘layotgani qayd etildi. Buning uchun yer resurslaridan oqilona foydalanish, ularni saqlash va muhofaza qilish, tuproq unumdorligini oshirish, geodeziya va kartografiya bilan bog‘liq faoliyatni kuchaytirish bo‘yicha davlat miqyosida dasturlarni ishlab chiqish, shuningdek aerokosmik s’yomka, topografiya, geodeziya, kartografiya, tuproqshunoslik, geobotanika va Yerni masofadan turib zondlash sohasidagi tadqiqotlar hamda boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ishlarni faollashtirish zarur ekani ta’kidlandi.

                Ishchi guruhga, MDH ishtirokchi davlatlarining chegaraviy hududlari uchun o‘zaro amaliy manfaatli vazifalar ro‘yxatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratgan holda, AFM (axborot fazoviy ma’lumotlar) bazasini yaratishga yo‘naltirilgan yondashuvlarni kelgusida yanada rivojlantirish va muvofiqlashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish tavsiya etildi.

                Davlatlararo kengash ishining ikkinchi kunida MDH ning 8 ishtirokchi davlatlari – Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston tomonidan Geodeziya, kartografiya, kadastr va Yerni masofadan turib zondlash bo‘yicha davlatlararo Kengash XL sessiyasining bayonnomasi imzolandi.

            Davlatlararo kengash a’zolari geodeziya, kartografiya, kadastr va Yerni masofadan turib zondlash sohasidagi eng yaxshi innovatsiyalar to‘g‘risida fikr almashdilar va navbatdagi muddatga Kengash Raisini sayladilar. Tojikiston Respublikasi Yerni boshqarish va geodeziya bo‘yicha davlat qo‘mitasining raisi Qurbon Hakimzoda Davlatlararo kengashning keyingi sessiyasiga qadar rais etib saylandi.

            Geodeziya, kartografiya, kadastr va Yerni masofadan turib zondlash bo‘yicha Davlatlararo kengashning keyingi sessiyasi 2019 yil Tojikistonda o‘tkazilishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi

123.jpg1234.jpg

Foydali resurslar