Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

KADASTR HUJJATLARINI RAQAMLASHTIRISH MAVZUSIDA UCHRASHUV BO’LIB O’TDI.

Davyergeodezkadastr qo`mitasida ABBYY (Rossiya) va "Cumulative Services" (O'zbekiston) hamkorlikdagi tashkilot bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda "ABBYY" kompaniyasining bosh direktori Dmitriy Shushkin, "Cumulative Services" MChJ direktori Rustam Asimov, "Cumulative Services" savdo-sotiq va marketing bo'yicha mutaxassisi Aleksandr Eremeev va Davyergeodezkadastr qo`mitasi rais o'rinbosari Sherzod Xabibullaev rahbarligida qo’mita vakillari ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida kadastr hujjatlarini raqamlashtirish sohasidagi o'zaro manfaatli hamkorlikni yo’lga qo’yish masalalari muhokama qilindi.

Foydali resurslar