Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

DAVYERGEODEZKADASTR YOSHLARI ISHNI KELAJAKDAN BOSHLASHDI.

Davyergeodezkadastr qo’mitasi tomonidan yoshlarni har tomonlama qo’llab quvvatlash, intelektual salohiyatlarini ro’yobga chiqarish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etish, shuningdek o’z g’oyalarini erkin bayon etishlarini ta’minlash maqsadida, “Yoshlar nigohi” shoiri ostida 3-5 avgust kunlari yoshlar forumi o’tkazildi.   

Forumda qo’mita hududiy tizimidagi korxona va tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan 40 dan ortiq iqtidorli yoshlar ishtirok etishdi. Forum doirasida yoshlar bilan “Muammo va yechim” munozarasi, “Mening g’oyam” viktorinasi, “Qo’mita kelajagi yoshlar nigohida” davra suhbati shuningdek, qo’mita Raisi Abdullayev Abdushukur Xamidovich hamda rais o’rinbosari Ruzmetov Maqsud Ismoilovich bilan ochiq muloqotlar o’tkazildi.

Qariyb 3 soat davom etgan  ochiq muloqotda yoshlar o’zlarini qiynayotgan muammolar, sohadagi mavjud kamchiliklar, shuningdek, korrupsiyaga qarshisamarali kurashish bo’yicha takliflar, shuningdek, sohani rivojlantirishga qaratilgan g’oyalarini berishdi. Ushbu takliflar asosida Davyergeodezkadastr qo’mitasining 2019 yilgi yoshlar dasturiga kiritilishi ko’zda tutildi. Shu bilan birga yoshlar tomonidan bu forumni yurtimizning har bir viloyatlarida davomiy o’tkazish taklif etilib bu o’z o’rnida qo’mita raisi tomonidan qo’llab-quvvatlandi.

“Yoshlar nigohi” forumida sohaning kelajagi bo’lgan yoshlar 2050 yilga sayohat qilishdi va geodeziya, kartografiya, kadastr yo’nalishlari bu davrda qanday xolatda bo’lishi to’g’risida bashorat qilishdi.

Ularning bashoratiga ko’ra 2050 yilda:

  • O’zbekistonning 10 dan ortiq kosmik yo’ldoshlari bo’ladi;
  • Yer, geodeziya, kartografiya va kadastr yo’nalishi bo’yicha alohida ta’lim muassasalari faoliyat yuritadi;
  • Kadastr o’lchamlarini aniqlash va chizmasini skaner qilgan xolda shakllantiruvchi uskunalar paydo bo’ladi;
  • O’zbekistonning Oyda o’z maydoni bo’ladi;
  • Yer maydonlarimizning 50 % sug’oriladigan yerlarga aylantiriladi;
  • Dronlar maxsus pult yordamida inson boshqarilmaydi. U dastur yordamida belgilangan vazifani o’zi bajaradi;

Yer, geodeziya, kartografiya va kadastr yo’nalishida qo’llaniladigan barcha texnika uskunalari o’zimizda ishlab chiqariladi.

44-1.jpg

44-2.jpg

44-03.jpg

44-04.jpg

Foydali resurslar