Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 2018 YIL 23 APRELDAGI 299-SON QARORI IJROSI BO’YICHA MATBUOT ANJUMANI O’TKAZILDI

31 iyul kuni O`zbekiston Milliy matbuot markazida “Ma'muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash, yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish hamda yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlarni o‘tkazish” mavzusida matbuot anjumani bo`lib o`tdi va unda Davyergeodezkadastr qo`mitasi mas’ul xodimlari hamda 20 dan ortiq OAV hodimlari ishtirok etdi.

Matbuot anjumaniga Qo`mita Yer tuzish boshqarmasi boshlig`i Avaz Alimov rahbarlik qilib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 apreldagi 299-son qarori doirasida bajariladigan ishlar haqida O`zdavyerloyiha davlat ilmiy loyihalash instituti bosh direktori Ruxiddin To`rayev, bosh muhandisi Obid Davronov va Geoinformkadastr Davlat unitar korxonasi mutaxassisi O`tkir Shermonovlar taqdimot qilishdi.

Qo’mita nomidan so’zga chiqqan mutaxassisilar tomonidan:

  • mazkur qaror ijrosi 2018-2021 yillarda yangi tartib asosida, zamonaviy texnologiyalarni jalb qilgan xolda, kosmik suratlar va dronlar yordamida yuqori aniqlikda bajarilishi;
  • viloyatlar va tumanlar chegaralarining koordinatalar katalogi ishlab chiqiladi va raqamli chegarasi belgilanishi;
  • joylardan chegara bo‘yicha kelib chiqayotgan muammolar to‘liq bartaraf etilishi;
  • Respublikadagi barcha yerlar to‘liq xatlovdan o‘tkazilishi va o‘zgarishlar to‘liq yer hisobiga olinishi;
  • yer xisobi elektron ko‘rinishda doimiy yangilanib borilishi;

xatlov natijasi bo‘yicha yagona yer ma'lumotlar bazasining GEOPARTALI ishlab chiqilib, doimiy foydalanishga topshirilishi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

321.jpg4321.jpg

1q.jpgq1.jpg

Foydali resurslar