Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

18-21 iyul kunlari O’zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi delegatsiyasining Belorussiyaga tashrifi bo‘lib o‘tdi.

Ozbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qomitasi raisi boshchiligidagi delegatsiya yer tuzish, geodeziya, kartografiya va kochmas mulk kadastri sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yonalishlarini muhokama qilish, shuningdek, idoralararo hamkorlikni ornatish maqsadida Davergeodezkadastr qomitasining Belorussiya Davlat mulk qomitasiga tashrifi tashkillashtirildi.
18 iyuldan 21 iyulga qadar davom etgan tashrifi davomida Davergeodezkadastr qo'mita vakillari Milliy kadastr agentligi, Belgeodeziya korxonasi, Belgiprozem loyiha instituti, "BelPAS’HAGI" aerofotogeodeziya korxonasi, hamda Minsk mintaqaviy davlat agentligi va yer kadastri agentligi misolida interaktiv xizmatlar kursatish jarayoni bilan tanishdilar. Bundan tashqari Belorussiya Davlat mulk qo'mitasi hamda O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi o'rtasida hamkorlik to'g’risidagi shartnoma loyihasi ham muhokama qilindi. Qo'mitalar ilmiy texnikaviy, ishlab chiqarish texnologiyalari, qonunchilik sohasidagi yangiliklar, geodeziya va kartografiya sohasidagi yangiliklar, ko'chmas mulk kadastri, yer tuzish sohalarida ozaro ma`lumot almashinuvini yolga qoyish masalalari korib chiqildi. Bundan tashqari, hujjatning matnidan kelib chiqqan holda tomonlar qo'shma dastur va loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, birgalikda tadqiqotlar o'tkazish, ishlab chiqarish ishlarini olib borish va birgalikda axborot tizimlarini yaratish, hamkorlikning boshqa yo'nalishlarini rivojlantirishga qiziqish bildirmoqda. Uchrashuv davomida Belorussiya Davlat mulk qo’mita raisi “Belarus va O'zbekiston umumiy tarixiy boylik, ildizlarning yaqinligi, xalq xo'jaligini tashkil yetish yo'lidagi o'xshashliklar bilan birlashtirilgan. Shu bilan birga, bir vaqtning o'zida bir xil davlatning bir qismi bo'lgan ikki mamlakat bugungi kunda ham shu kabi muammoga duch keldi, xatolar takrorlanmasligi uchun bir-birining turli sohalarda to'plangan tajribasidan foydalanishi kerak” deb aytib o'tdi. Davergeodezkadastr qo'mitasi raisi hozirgi vaqtda qo'mita tizimida muayyan uzgarish jarayonida ekanligi, turli geoinformatsiyalar va boshqa yuqori texnologiya tizimlari jadal rivojlanayotgani, tizimni yaratish, tizim xodimlarini kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish, uzlarining idoraviy uquv markazlarini yaratish va boshqa tadbirlarni amalga oshirish ishlari haqida aytib o'tdi.
Foydali resurslar