Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

“Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash” xizmat turiga arizalarni elektron shaklda qabul qilish yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 apreldagi «Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5409-sonli farmoni ijrosi hamda tadbirkorlik sub’ektlariga qulaylik yaratish maqsadida, Davergeodezkadastr qo‘mitasining rasmiy veb-sayti (www.ygk.uz) va O‘zbekiston Respublikasi Litsenziyalash portali (www.license.uz)orqali “Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash” xizmat turiga elektron arizalar yuborish yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi Litsenziyalash portalida ariza qoldirish uchun yuridik IDgov.uz dan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi lozim. Davergeodezkadastr qo‘mitasi veb saytida barcha topshiriladigan xujjatlarning elektron shaklini yuklab olish imkoniyati bo‘lib, to‘ldirilgan xo‘jjatlarni veb saytning interaktiv xizmatlar bo‘limida onlayn tarzda jo‘natishi mumkin.
Foydali resurslar