Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

“Tuproq bonitirovkasi” sho‘ba korxonasi

Direktor: Jabborov Odil Abdimalikovich

Manzil: 100097, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Chilonzor S mavzesi, Cho‘ponota ko‘chasi.

Transport: Metro: Mirzo-Ulug‘bek, avtobus: № 2, 33, 94, 98, 150;

Тelefon: 0(371) 273-06-76             

Faks: 0(371) 278-50-99

Web-site: tuproqbonitirovkasi.uz

Elektron manzil: bonitirovka@umail.uz

Qabul kunlari: Seshanba, Chorshanba 10:00 dan 12­­­­:00 gacha

 

Korxona faoliyatining maqsad va vazifalari

 

“Tuproq bonitirovkasi” sho‘ba korxonasi O‘zbekiston Respublikasi “Davlat kadastri to‘g‘risidagi qonuni, “Yer kodeksi”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 19 oktyabrdagi 483-sonli “O‘zbekiston Respublikasi  Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomi” qarori, hamda O‘zbekiston Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining 1998 yil 31 dekabrdagi 543-sonli “O‘zbekiston Respublikasida Davlat yer kadastrini yuritish to‘g‘risidagi” qarori asosida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar tumanlarida mavjud fermer va boshqa yerdan foydalanuvchilarning sug‘oriladigan yerlarini tuproq kartalarini yangilash va tuproq sifatini baholash ishlari O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 14-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 23 dekabrdagi 496-sonli va  Respublikamizda sug’oriladigan yerlarni meliorativ holatini yanada yaxshilash hozirgacha bajarilgan tadbirlar ko’lamini kengaytirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 19 apreldagi “2013-2017 yillar davrida sug’oriladigan yerlarining meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1958-sonli qaroriga asosan, qishloq xo‘jalik yerlarining tuproqlarini monitoring maqsadlarida tadqiq etish ishlarini bajaradi.

            Yer resurslaridan unumli va samarali foydalanish maqsadida tuproq unumdorligini oshirish va yaxshilash bo‘yicha yerdan foydalanuvchilarga taklif tavsiyalar ishlab chiqdi.

            “Tuproq bonitirovkasi” sho‘ba korxonasi o‘z ishlab chiqarish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari geodeziya kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tomonidan 2009 yilda ishlab chiqilgan :

IMX-27-002-13 Davlat yer kadastrini yuritish uchun tuproq tadqiqotlarini bajarish va tuproq kartalarini tuzish bo‘yicha yo‘riqnoma asosida va tuproq sifatini baholash ishlarini 2013 da ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi sug‘oriladigan tuproqlarini bonitirovkalash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma asosida olib boriladi.

HOZIRGI KUNDAGI ISH UNUMDORLIGI

2016 yilning 1-yarmida Samarqand viloyatining Paxtachi va Ishtixon tumanlarida Prezidentimizning 2013 yil 9 apreldagi “2013-2017 yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1958-sonli qarori asosida “Tuproq bonitirovkasi” sho‘'ba korxonasi tomonidan respublikamiz hududlaridagi sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarida tadqiqotlar o‘tkazilib, sho‘rlangan tuproqlarni xaritalarga tushirish ishlari olib borildi, hamda sho‘rlanishni oldini olish, tuproq-meliorativ holatini yaxshilash, unumdorlini va mahsuldorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar fermer xo‘jaliklari rahbarlariga taqdim etildi.

Hozirgi vaqtda korxonamizning bo‘limlari quyidagi ishlarni bajarmoqdalar: Tuproq ekspeditsiyasi bo‘limi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus va Qonliko‘l tumanlarining barcha massivlaridan tuproq namunalari olib kelib, kimyoviy laboratoriyaga topshirdilar. Laboratoriya: Ushbu haftada Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani “Avtonomov” va “G‘oyipov” massivlari tuproq analizlarini yakunlashdi. Kameral ishlari guruhi: Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani “Maxtumquli”, “Yangiobod” va “Do‘stlik” massivlarida kameral ishlarini yakunladilar. Maydon hisoblash bo‘limi: Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidan “Sh.Rashidov” Mirishkor tumanidan esa “Tojikiston”, “Yangiobod”, “Toshkent” va “Maxtumquli” massivlarida maydon hisoblash ishlari olib bormoqdalar. Kompyuter guruhi: Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidan “Nasafiy”, “M.Ulug‘bek”, “Qashqadaryo”, ”Maymanak” va “Komilon” massivlarining sho‘rlanish xaritogrammalarini chizish ishlarini yakunladilar.

 

88.png

 

Foydali resurslar