Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

O`zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga mulk huquqini e`tirof etish bo`yicha bir martalik umumdavlat aksiya o`tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e`tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 2018 yil 20 apreldagi PF-5421- son Farmoni ijrosini ta`minlash maqsadida 2018 yil 21 iyun kuni Vazirlar Mahkamasining 461-son qarori qabul qilindi.
Ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq aksiya doirasida jismoniy shaxslarning qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan yakka tartibdagi uy joyiga nisbatan mulk huquqini e'tirof etish tartibini belgilaydi.
O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini olish uchun fuqaro imorat joylashgan hududdagi Davlat xizmatlari markazi orqali tuman (shahar) hokimining nomiga belgilangan shakldagi ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga quyidagilarni ilova qiladi:
- murojaat etuvchining pasporti nusxasi;
- murojaat etuvchining oila a`zolari haqida hamda yer uchastkasiga egalik qilgan muddatlari va imorat qurilgan vaqt to‘g‘risida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ma`lumotnomalari.
Ma'lumot uchun:
Nizom talablari ko‘p qavatli uylarga va ularga tutashib ketgan yer uchastkalarida o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga, noturar joylarga nisbatan tatbiq etilmaydi. 
Bir martalik umumdavlat aksiyasining amal qilish muddati 2019 yil 1-mayga qadar etib belgilandi.
Nizomda ko‘rsatilgan ishlarni tashkil etish bo‘yicha bir hafta muddatda barcha hududlarda komissiyalar tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 21 iyundagi 461-son qarorini mazkur havola orqali ko‘chirib olishingiz mumkin:
http://www.lex.uz/pdfs/3790586

Foydali resurslar