Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

Davergeodezkadastr qo‘mitasida “Yerni masofadan zondlash ma'lumotlarini qo‘llash va ularni qayta ishlashning zamonaviy texnologiyalari” mavzusida Xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi

13-14 iyun kunlari Rossiyaning Geo-alyans kompaniyasi, Amerika Qo‘shma Shtatlarining Digital Globe kompaniyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi xamkorligida “Yerni masofadan zondlash ma'lumotlarini qo‘llash va ularni qayta ishlashning zamonaviy texnologiyalari” mavzusida Xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda Vazirlik va idora mutaxassislari xamda Davergeodezkadastr qo‘mitasi mutaxassislari qatnashishdi. Semirdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistonda Yerni masofadan zondlash ma'lumotlarini qo‘llash va ularni qayta ishlashning zamonaviy texnologiyalarini joriy etishni yangi bosqichga olib chiqishdir. Seminarni Davergeodezkadastr qo‘mitasi rais o‘rinbosari Ro‘zmetov Maqsud ochib berdi va bu sohadagi ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirish qo‘mita mutahassislarining asosiy vazifalaridan biri ekanligini aytib o‘tdi. Seminarda xorijiy mutaxassislar Maksim Aleksandrov (Geo-Alyans), Polina Medvedeva (Geo-Alyans), Ilya Yudin (Digital Globe) o‘zlarining taqdimotlari bilan ishtirok etishdi va seminar davomida Yerni masofadan zondlash mavzusiga oid master- klasslar o‘tazildi.

 

p1030162.jpg p1030174.jpg

 

Foydali resurslar