Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

1-2 IYUN KUNLARI BUXORO VILOYATIDA “DAVERGEODEZKADASTR” QO‘MITASI TOMONIDAN SEMINAR O‘TKAZILDI.

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 apreldagi “Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash, yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish hamda yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlarni o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 299-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi tomonidan Buxoro viloyati boshqarmasida respublika o‘quv seminari o‘tkazildi.

Mazkur seminarda qaror bilan belgilab berilgan 3 ta eng muxim tadbirlarni 2018-2021 yillarda yangi tartib asosida, zamonaviy texnologiyalarni jalb qilgan xolda, kosmik suratlar va dronlar yordamida yuqori sifatli qilib o‘tkazish maslasi belgilab olindi, bular:

Birinchidan, ma’muriy xududiy birliklar, ya’ni Qoraqalpog‘iston Respubilkasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar chegaralarini belgilash;

Ikkinchidan, respubilkamizdagi barcha toifadagi va turdagi yer resurslarini to‘liq va yalpi xatlovdan o‘tkazish;

Uchinchidan, mavjud barcha yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqot ishlarini o‘tkazish.

photo_2018-06-06_17-12-29.jpg photo_2018-06-06_17-12-25.jpg

Mazkur 3 ta tadbirni bugungi kunda o‘tkazishga nima sabab bo‘ldi, nima uchun zarur edi.

Birinchidan, ma’muriy xududiy birliklar chegaralarini belgilash ishlari dastlab 1924 yilda O‘zbekiston Respublikasi tashkil topgandan keyin boshlanib, 1938 yilda viloyatlar va tumanlar chegaralarini belgilash boshlangan edi va shu kunga qadar chegaralarni belgilash ishlari xududning xarakterli bo‘lgan nuqtalarga, ya’ni daryolar, kanallar, yo‘llar, tepaliklar, soylik va boshqa topografik elementlarga bog‘lanib kelingan. Agarda chegarani ushbu elementlarga bog‘lash imkoni bo‘lmagan taqdirda faqat xududning chegara tavsifi va 100 minglik katta masshtabdagi kartalarga asoslanib chegara chizig‘i belgilab kelingan.

Endi yangi tartib asosida – ma’muriy xududiy birliklarning chegaralari kosmik suratlar asosida davlat koordinatlari tizimiga hamda halqaro geodeziya koordinatasi, ya’ni WGS-84 tizimiga bog‘langan xolda, 10 minglik, 25 minglik, 50 minglik va 100 minglik masshtabdagi elektron kartalar yaratiladi. Eng asosiysi har bir ma’muriy xududiy chegaraning burilishi nuqtalari bo‘yicha alohida koordinatalar katoligi yaratiladi.

Ikkinchidan, yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish ishlari ham ma’muriy xududiy birliklar chegaralarini belgilash bilan bir davrda boshlangan va dastlabki xatlov ishlari natijasi bilan respublikamizdagi barcha toifadagi va turdagi yer resurslarini aks ettiruvchi yer hisoboti shakllantirilgan.

O‘shandan buyon yer resurslarining barcha toifasi va turlari bo‘yicha bir paytning o‘zida yalpi xatlovdan o‘tkazish ishlari amalga oshirilmagan, faqat turli davrlarda ayrim yer turlari bo‘yicha xatlovdan o‘tkazish ishlari amalga oshirilib kelingan.

Endi yangi tartib asosida – respublikamiz yer resurslarining barcha toifasi va turlari kosmik suratlar asosida to‘liq yalpi xatlovdan o‘tkaziladi. Xatlov yakuni bilan yer resurslarining barcha toifasi va turlari mujassamlashgan davlat koordinatlari tizimiga hamda WGS-84 - halqaro geodeziya koordinatasi tizimiga bog‘langan 10 minglik, 25 minglik, 50 minglik va 100 minglik masshtabdagi elektron kartalar yaratiladi.

Eng asosiysi rivojlangan davlardagi kabi respublikamizda xam “onlayn” rejimida yer hisobotlarini yuritilishiga hamda barcha yer turlaridan foydalanish holatini va noqonuniy holatlarni muntazam nazorat qilib borishning axborotlashgan tizimini yaratilishiga erishiladi.

Uchinchidan, mavjud yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqot ishlarini o‘tkazish tadbiri, ya’ni yaylov o‘simliklari bilan qoplanganlik holatini o‘rganish 1970-75 yillarda 100 minglik katta masshtabda aniqlangan bo‘lib, o‘shandan buyon deyarli bu tadbir o‘tkazilmagan.
Bugungi kunda respublikamizda jami 21 mln gektar yaylov va pichanzorlar mavjud bo‘lib bu jami yerlarning 47 foizini tashkil etadi. Ushbu yerlarni 85-90 foizi yaylov o‘simliklari bilan qoplangan.

photo_2018-06-06_17-12-15.jpg photo_2018-06-06_17-12-11.jpg


Yaylov yerlarida bo‘layotgan o‘zgarishlarni o‘rganish maqsadida Davergeodezkadastr qo‘mitasi tomonidan 2017 yilda cho‘l zonasiga mansub Forish va Qizilqum qorko‘lchilik shirkat xo‘jaliklari hamda tog‘ oldi zonasiga mansub Boysun va Sayrob xududlarida jami 295 ming gektar maydonda yaylov geobotanik tadqiot ishlari o‘tkazildi.

Tadqiqot natijalarini 1970-75 yilgi ma’lumotlar bilan solishtirilganda yaylovlarda chorva mollari sonini me’yordan ortiqcha 3-4 barobar ko‘p kim o‘zarga o‘tlatilishi hamda ularni tartibsiz, almashlab boqish tizimiga rioya qilinmasligi natijasida quyidagi salbiy xolatlar yuzaga kelganligi aniqlangan.

- yaylovlarda uchraydigan o‘simliklar turi 103 tadan 79 tani tashkil etgan yoki o‘simlik turi 23 taga kamayib ketgan;

- yaylov o‘simliklarining o‘rtacha hosildorligi 3,3 s/ga dan 2,6 s/ga tushgan yoki 0,7 s/ga kamaygan;

- yaylovlarni o‘simliklar bilan qoplanish darajasi 72 foizdan 52 foizga tushgan yoki 20 foizga kamaygan;

 

- me’yor bo‘yicha 1 ta shartli mol soniga 2,5 gektar o‘rniga 3,5 gektar yaylov to‘g‘ri kelmoqda;

- chorva mollari yemaydigan zararli o‘simliklar 13 tadan 18 taga yoki 6 ta turga ko‘paygan, ushbu maydon esa 20 foizga kengaygan.

- degradatsiyaga uchragan maydon 18 ming gektardan 54 ming gektarga ko‘paygan yoki 35 ming gektarga ikki barobarga oshgan.

Endi yangi tartib asosida respublikamizdagi mavjud 21 mln gektar yaylov va pichanzorlarda yalpi ravishda geobotanik tadiqiqot ishlari o‘tkaziladi. Tadqiqot yakuni bilan har bir xududning yaylov o‘simliklari bilan qoplanganlik darajasi bo‘yicha davlat koordinatlar tizimiga bog‘langan 25 minglik, 50 minglik va 100 minglik masshtabda elektron geobotanik kartalar yaratiladi.

Ushbu geobotanik kartalar asosida yaylovlardan chorva mollarini rotatsiya usulida fodalanishga, yaylov o‘simliklari urug‘chiligini rivojlantirishga, eng asosiysi yaylovlarni boshqarish va yaylovlardan samarali foydalanishning axborotlashgan yangi tizimini ishlab chiqilishiga erishiladi.

Foydali resurslar