Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

RICS Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

2018 yil 6 iyun kuni Davyergeodezkadastr qo`mitasida «Hongkong Land Holdings Limited» korporatsiyasining Kengash a'zosi va faoliyatini kengaytirish va baholash bo'limi boshlig'i Leu Klement Kin Manom boshchiligida Qirollikning malakali geodezislar (RICS) Gonkong sh. (XXR) filiali delegatsiyasi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda geodeziya, kartografiya va yerdan foydalanish sohasidagi amaliy tajribalar almashildi, shuningdek, kelajakdagi hamkorlik yo'nalishini muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida Xitoy delegatsiyasi geodeziya, kartografiya, yer tuzish va kadastr yo`nalishlarida O'zbekiston bilan hamkorlikda qo'shma loyihalarni amalga oshirish istagida ekanligini ma`lum qildilar.
photo_2018-06-06_16-48-51_0.jpg photo_2018-06-06_16-48-58_0.jpg

 

Foydali resurslar