Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish – buyuk maqsadlarimizga erishishning muhim kafolatidir

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida”gi qarori yurtimiz madaniy hayotida katta voqea bo'ldi. Shu munosabat bilan O'zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan qator vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda Toshkent shahrida “Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish – buyuk maqsadlarimizga erishishning muhim kafolatidir” shiori ostida respublika "Kitob sayli” o'tkazildi. Kitob saylida nafaqat Toshkent shahrida istiqomat qiluvqi kitobxonlar balki respublikamizga tashrif buyurgan chet ellik mehmonlar xam ishtirok etishdi.

photo_2018-05-25_20-51-55.jpg photo_2018-05-25_20-52-24.jpg

Kitob saylida Davergeodezadastr qo'mitasi “Kartografiya” davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasi ham ishtirok etdi. Sayil ishtirokchilari “Kartografiya” davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasi tomonidan O'zbekiston tarixi, xamda maktab darsliklaridan joy olgan atlaslar, Respublikamizning xududi tushirilgan Siyosiy xamda Respublikamizning diqqatga sazovor joylari aks ettirilgan turistik xaritalar bilan yaqindan tanishdilar. Esdalik sifatida chet ellik mehmonlarga bir qator kartografik mahsulotlar sog'a tariqasida taqdim etildi.

photo_2018-05-24_23-42-38.jpg photo_2018-05-26_02-32-07.jpg
Foydali resurslar