Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

Soha iftixorlari

 

1_3.jpg

Davergeodezkadastr qo'mitasining 2017 yil 24 noyabrdagi 535-sonli buyrug'i bilan tizimidagi xududiy boshqarma, korxona va tashkilotlarda uzoq yillar mobaynida faoliyat olib borayotgan, soha rivoji, taraqqiyotiga o'zining sezilarli xissasini qo'shgan, “Ustoz-shogird” an'analarini yo'lga qo'yishga jonbozlik ko'rsatib asosiy ustozlik vazifasini bir necha yillardan beri ado etib kelayotgan xodimlarni munosib taqdirlab borish maqsadida “Soha iftixori” ko'krak nishoni ta'sis etildi.

 

“SOHA IFTIXORI” ko`rkrak nishoni bilan mukofotlangan hodimlar

RO`YHATI

Latipov Arzet Ilyasovich 1935 yil 2 yanvar Rossiyaning Bashkortistan Respublikasida tavallud topgan. 1958 yil Toshkent Irrigatsiya va melioratsiya institutida taxsil olgan. 39 yildan beri sohada faoliyat olib bormoqda. Davyergeodezkadastr qo`mitasining faxriy hodimi. Soha rivoji, taraqqiyotiga o`zining sezilarli xissasini qo`shganligi, “Ustoz-shogird” an`analarida asosiy ustozlik vazifasini bir necha yillar davomida ado etganlari uchun “Soha iftixori” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi. 1_4.jpg
Qo`ziyev Ramazan 1949 yil 26 iyulda Buxoro viloyati, Qorako`l tumanida tavallud topgan. 1971 yil Toshkent davlat universitetida taxsil olgan. 49 yildan beri sohada faoliyat olib bormoqda. 2014 yildan Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti direktori lavozimida ishlab kelmoqda. Jamiyatimizda sohaning o`rni va rolini kuchaytirish, xalqaro aloqalarni o`rnatilgan tartibda yo`lga qo`yish, millatlar aro do`stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga o`zining kata xissasini qo`shganligi uchun “Soha iftixori” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi. 2_4.jpg

Ibragimova Saniya Shamuratovna 1949 yil 24 sentyabrda Toshkent viloyati, Angren shahrida tavallud topgan. 1970 yil Toshkent Politexnika instituda taxsil olgan. 24 yil mobaynida sohada faoliyat olib borgan. “Kartogafiya” davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasi direktori lavozimida ishlagan Soha fidoiysi bo’lin uning rivoji va taraqqiyotiga o`zining sezilarli xissasini qo`shganligi uchun “Soha iftixori” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.

3_3.jpg

Ga`niyev Abdusalim Mustafaqulovich 1970 yil 28 fevralda Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tavallud topgan. 1992 yil Toshkent arxitektura va qurilish institutida, 2002 yil O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilish akademiyasida taxsil olgan. 16 yildan beri sohada faoliyat olib bormoqda. Hozida Suxondaryo viloyati Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi Boshlig`i lavozimida ishlab kelmoqda. Jamiyatimizda sohaning o`rni va rolini kuchaytirish, xalol va sitqidildan qilgan mehnatlari uchun “Soha iftixori” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi. 

4_5.jpg
Hakimov Sodiqjon Ikrom o`g`li 1976 yil Samarqand viloyati, Narpay tumanida tavallud topgan. 1998 yil Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti, 2003 yil Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutida taxsil olgan. 16 yildan beri sohada faoliyat olib bormoqda. 2014 yildan Samarqand viloyati Yer resurslari va davlat kadastri boshqamasi Boshlig`i lavozimida ishlab kelmoqda. Yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va istiqlol g`oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash va keng qamrovli tadbirlarni amalga oshirishda jonbozlik ko’rsatgani uchun “Soha iftixori” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.  5_0.jpg

 

Foydali resurslar