Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

Qizilqum bag‘rida zamonaviy chorvachilik majmuasi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD), Global Ekologik Jamg‘arma (GEJ) va Davergeodezkadastr qo‘mitasi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonning tog‘li, yarim cho‘l va cho‘l landshaftlarida   sug‘orilmaydigan qurg‘oqchil yerlarni raqobatli ekspluatatsiya qilinishi natijasida  tabiiy resurslardan foydalanish bosimini kamaytirish” loyihasi mablag‘lari hisobidan Buxoro viloyati Qorako‘l tumani “Qorako‘l” naslchilik mas’uliyati cheklangan jamiyati “Uchqir” massivida bitta cho‘pon oilasi uchun zamonaviy 3 xonali uy, 750 bosh qorako‘l qo‘ylarini saqlash uchun koshar (qo‘ton), suv va elektr energiya ta’minoti, xojatxona, jun qirqish joyi, dag‘al xashaklarni saqlash uchun ochiq omborxona, suv minorasi (vodonapornaya bashnya) va qo‘ylarni davolash uchun zooveterinariya punkti kabi infratuzilma shoxobchalarini o‘z ichiga olgan ixcham chorvachilik majmuasi bunyod etildi.
Joriy yilning 17 may kuni mazkur majmuani rasmiy ochilishida BMTTD O‘zbekistondagi doimiy vakili Xelena Freyzer, Davergeodezkadastr qo‘mitasi raisi A.H.Abdullayev, Qorako‘l tumani xokimi X.M.G‘oyirov, Buxoro viloyati va Qorako‘l tumani xokimliklarining mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.

 

qorakol_2.jpg qorakol_4.jpg

Majmua qurilishining asosiy maqsadi - cho‘l/yaylov hududida yashayotgan bir nafar cho‘pon oilasi uchun namunaviy loyiha asosida uy va chorvachilik uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish infratuzilma shoxobchalarini yaxlit bir tizimda qurish asosida qorako‘lchilikda ilg‘or innovatsion tadbirlarni amalga oshirish uchun zamonaviy markaz - model uchastkasini yaratish  hisoblanadi. 
Loyiha tomonidan majmua atrofida joylashgan 7.5 ming gektar yaylovdan samarali va barqaror foydalanish maqsadida “Yaylovdan rejali foydalanish tizimi” ishlab chiqiladi va hamkorlikda joriy qilinishiga amaliy yordam ko‘rsatiladi.

 

qorakol_3.jpg

BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili Xelena Freyzer xonim viloyatning mas’ul rahbarlari bilan birgalikda Qorako‘l tumanining fermer va dehqon xo‘jaliklarida loyiha doirasida amalga oshirilgan boshqa tadbirlari bilan yaqindan tanishdi.

Foydali resurslar