Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

Qo`mita Raisining navbatdagi sayyor qabuli bo`lib o`tdi

Joriy yilning 18 may sanasida Samarqand viloyati Paxtachi tumanida O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi Raisi Abdullayev Abdushukur Hamidovichning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Ushbu qabulda fermerlar, mahalla fuqarolar yig‘ini faollari, mahalliy fuqarolar va Samarqand viloyati Yermulkkadastr mutaxassislari ishtirok etishdi. Sayyor qabulga tashrif buyurgan jismoniy va yuridik shaxslar o‘rmon xo‘jaligi, fermer xo‘jaligi, yerlarning sho‘rlanishi, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan ekin turlarini yetishtirishdagi qiyinchiliklar, yer ajratish tartibi, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga mulk huquqini berish tartibi, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishdagi to‘lovlardagi imtiyozlar, himoya zonasiga tushgan uy-joyni qonuniylashtirish va shu mazmundagi savollar hamda faoliyatlari davomida yuzaga kelayotgan muammoli masalalar bilan murojaat etishdi. Mazkur savollarga o‘z o‘rnida tegishli javoblar berilib, ko‘plab masalalar sayyor qabulning o‘zida yechimini topdi. Shuningdek Davergeodezkadastr qo‘mitasi Raisi tomonidan Samarqand viloyati Yermulkkadastr boshqarmasi, tegishli idora va korxona rahbarlariga sayyor qabulda ko‘tarilgan muammolarni atroflicha o‘rganib chiqish va o‘rnatilgan tartibda kechiktirmasdan xal etish vazifasi yuklatildi.

photo_2018-05-18_17-41-56.jpg photo_2018-05-18_17-34-35.jpg
Foydali resurslar