Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

“Xalqaro Yer kuni” ga bag‘ishlangan “Yer resurslarini barqaror boshqarishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash” Respublika ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.

23-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi davlat yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, O‘zbekiston Ekologik Harakati, «O‘zdaverloyiha» DILI, BMT Taraqqiyot Dasturi, Global Ekologik Jamg‘arma bilan hamkorlikdagi  “Xalqaro Yer kuni” ga bag‘ishlangan “Yer resurslarini barqaror boshqarishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash” Respublika ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.

dsc_1064.jpg

Seminarni “Davergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi raisi Abdullaev Abdushukur Xamidovich ochib berdi. So‘z boshida soha xodimlarini va kelgan mehmonlarni “Xalqaro Yer kuni” bilan tabriklab, innovatsion texnologiyalar ger tuzish , geodeziya, kartografiya va davlat kadastr sohasini yangi bosqichga ko‘tarilishida asosiy ahamiyatga ega ekanligini aytib o‘tdi.

dsc_1070.jpg

Seminar davomida soha rivojiga o‘zining xissasini qo‘shgan faol xodimlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Seminar doirasida qatnashchilar “O‘zbekistonda yerlarning hisobini yuritish va inventarizatsiyasi bo‘yicha zamonaviy innovatsion usullarni ishlab chiqish va joriy etish masalalari”,“Tuproq yuzasini o‘rganishda raqamli tuproq xaritashunosligi”, “Tuproq-geografik ma’lumotlar bazasi”, “Geografik axborot  tizimlari (GAT texnologiyalari) va yerlarni masofali zondlash (YeMZ) texnologiyalari”,“Tuproqshunoslikda axborot resurslarini yaratish va takomillashtirish, ulardan yerlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish, sertifikatsiyalash, raqamlash, baholash va monitoringini o‘tkazishda foydalanish”,“Tuproqlardan oqilona foydalanish va ularni qo‘riqlash bo‘yicha innovatsion ishlanmalar va resurslarni tejovchi texnologiyalar” masalalari bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishdilar.

dsc_1084.jpg

Ushbu seminar zamonaviy sharoitda tabiiy resurs sifatida yerlardan samarali foydalanishning ahamiyati va istiqbollari, ekotizim va agroekolandshaftlarga oid dolzarb muammolar va vazifalarni muhokama qilish imkoniyatini yaratdi.

Seminar ishtirokchilari yer resurslarini muhofaza qilishning huquqiy asoslari va mavjud qonunlarni takomillashtirishning bugungi kundagi axamiyati; yer resurslaridan samarali foydalanishda tuproqlarning unumdorligini saqlash va qayta tiklashning asosiy yo‘nalishlari; Koreya Respublikasida Milliy geofazoviy malumotlar infratuzilmasi; yer resurslaridan samarali foydalanishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning dolzarbligi va ijtimoiy – iqtisodiy ahamiyati va boshqa mavzular bo‘yicha ma’ruzalarni taqdim qilishdi.

dsc_1110_0.jpg

Foydali resurslar