You are here

"Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasi


Direktor: Mamatov Akmal Alisherovich

Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Chilonzor S mavzesi, Cho'ponota ko'chasi.

Transport: Metro: Mirzo-Ulug‘bek bekati, Avtobus № 2, 33, 75, 94, 98, 150

Telefon: 0(371) 202-55-81                                   

Veb-sayt: www.geoic.uz

Elektron pochta: info@geoic.uz

 

“Geoinnovatsiya markazi” Davlat unitar korxonasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi 3639-sonli farmoni bilan tashkil etilgan – uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida iqtisodning turli sohalarida xizmat ko‘rsatadi. “Geoinnovatsiya markazi” Davlat unitar korxonasi va “SHENZEHEN BSHARK TECHNOLOGY LIMITED” xamkorligida “BSHARKUZ” qo‘shma korxonasi tashkil etildi. “BSHARKUZ” qo‘shma korxonasi sanoat turkumidagi uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqaradi.

“Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat ko'rsatadi:

  1. Uchuvchisiz uchish apparatlarining funksional va texnik imkoniyatlarini takomillashtirish maqsadida ilmiy-tadqiqot va sinov-konstruktorlik ishlarini tashkillashtirish;
  2. Qonunlarda belgilangan tartibda uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish va ularni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish;
  3. Uchuvchisiz uchish apparatlari dasturiy ta’minoti va konstruksiya elementlarini ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich mahalliylashtirish
  4. Uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanishda chet el tajribasi va yangi texnologiyalarni tadbiq etish
  5. Uchuvchisiz uchish apparatlarini ta’mirlash va ularga  texnik xizmat ko‘rsatish
  6. Uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqaruvchi mutaxassislarni tayyorlashda ko‘maklashish

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ruxsatnomasiga ega bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruv organlariga boshqaruvchi operatorsiz bo‘lgan uchuvchisiz uchish apparatlarini, iqtisodning boshqa yo‘nalishidagi tashkilotlarga boshqaruvchi operator bilan birga bo‘lgan uchuvchisiz uchish apparatlarini ijaraga berish.

Share

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 874
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing