Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 10 aprel sanasida Davergeodezkadastr qo‘mitasida Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga Davergeodezkadastr qo‘mitasi Raisi Abdullaev Abdushukur Hamidovich boshchilik qildi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2017 yil 13 dekabr kuni o‘tkazilgan majlis bayonida belgilangan topshiriqlardan biri Davlat kadastrlari yagona tizimini to‘liq shakllantirish va geoaxborot tizimi joriy etishni yo‘lga qo‘yish maqsadida vazirlik va idoralar bilan xamkorlikda ishlab chiqilgan hamda tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan topshiriqlarni ijrosini o‘z muddatida bajarilishini ta’minlash lozimligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish davomida davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, yo‘l xaritasida belgilangan vazifalar, mavjud kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish holati, davlat kadastrlari yagona tizimini takomillashtirish yo‘nalishida 2017 yil va
2018 yil birinchi choragida olib borilgan ishlar yuzasidan xisobot berildi.
Jumladan:

  • davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazining o‘quv markazida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xuzuridagi “O‘zgidromet“ markazining 2 nafar, “O‘ztransgaz” AJning 15 nafar hamda hududiy “Yermulkkadastr” korxonalarining 20 nafar jami 37 nafar mutaxassislari geoinformatika va davlat kadastri yo‘nalishlari bo‘yicha malakasini oshirish kurslarida o‘qitilganligi;
  • Milliy geoaxborot tizimi investitsion loyihasi doirasida jami 30 ta kadastrlarni “ESRI” Mustaqil Davlat xamdustligining malakali mutaxassislari tomonidan geoaxborot texnologiyalar bo‘yicha o‘qitilganligi va maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanganligi. Shuningdek ushbu loyiha doirasida, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib 29 ta ishchi stantsiyalar hamda 29 ta litsenzion ArcGIS dasturiy ta’minot vositalari davlat kadastrlarini yurituvchi vazirlik va idoralarga davlat kadastri ob’ektlariga oid ma’lumotlarni geoaxborot bazada shakllantirib, davlat kadastrlari yagona tizimiga milliy  geoaxborot tizimining bazasini yaratish uchun foydalanishga  taqdim etilishi shular jumlasidandir.

Amalga oshirilgan ishlar bilan birga quyidagi qamchiliklar jiddiy tanqidga olindi :

- O‘zavtomobil yo‘llar davlat qo‘mitasi tomonidan avtomobil yo‘llari davlat kadastri bo‘yicha jami 184 039 km yo‘ldan bor yo‘g‘i 320 km (0,5%) Davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim qilinganligi hamda ishlarni jadallashtirish bo‘yicha hech qanday choralar ko‘rilmaganligi;

- Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidandavlat suv kadastrining suvdan foydalanish qismini yuritishda geoaxborot bazani shakllantirish uchun Davlat kartografiya-geodeziya fondidan 1:10 000 va 1:25 000 masshtabli topografik xaritalardan foydalanish yo‘lga qo‘yilganligiga qaramasdan jami 1001 ta ob’ektdan 106 ta ob’ekt (10%) geoaxborot bazasida shakllantirilganligi;

 - O‘zbekneftgaz” kompaniyasi tomonidan Yetkazib berish quvurlari davlat kadastrini yuritish bo‘yicha 12 224,4 km. gaz quvuri va boshqa neft va gaz yetkazib berish ob’ektlarining 89% kadastr ob’ekti geoaxborot bazada shakllantirilmaganligi va Davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim etilmaganligi.

Foydali resurslar