Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

Foydalanuvchilarning Davyergeodezkadastr qo’mitasi xizmatlarining sifati haqidagi fikrlarni o'rganish boshlandi

Tadbirkorlik sub’ektlari va aholiga ko’rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlarini optimallashtirish maqsadida qo’mita DGP Research and Consulting kompaniyasini (www.dgp.uz ) foydalanuvchilar orasida kadastr va ko’chmas mulkni ro’yhatga olish sohasida ko’rsatiladigan xizmatlar sifati bo’yicha so’rov otkazish uchun jalb qildi.

Tadqiqot 27 mart kuni Toshkent shahrining Shayxontohur va Mirzo Ulug'bek tumanlarida boshlandi. Ushbu kunda oddiy foydalanuvchilar o’rtasida kadastr va ko'chmas mulkni ro'yhatga olish bo'yicha tadqiqotlar o'tkazildi. 28 mart kuni professional foydalanuvchilar fokus-guruhlari ishitirokida kadastr va ko'chmas mulkni ro'yhatga olish tartibi muhokama qilindi.

Oddiy foydalanuvchilar guruhiga - ko'chmas mulkni ro’yxatga olish uchun kadastr tizimi bilan kamdan-kam hollarda yoki vaqti-vaqti bilan zarurat tug’ilganda foydalanadigan fuqarolar kiradi.

Kompaniyalar guruhiga - odatiy ravishda ro'yhatga olish va ko'chmas mulk kadastri tizimiga professional faoliyatlari uchun doimiy ravishda murojaat etuvchi yuridik shaxslar kiradi. (mulkdorlar, ko'chmas mulk agentliklari, ishlab chiquvchilar va advokatlar)

Ushbu tadqiqot butun O'zbekiston bo'ylab amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Tadqiqotdagi tadbirlarning jadvali quyida keltiriladi. Biz foydalanuvchilarni kadastr tizimini o'rganishda faol ishtirok etishga taklif qilamiz va bu mavjud xizmatlarni takomillashtirishga, shuningdek foydalanuvchilarning ehtiyojlariga hamda vaqt talablariga javob beradigan yangiliklarni joriy etishga imkon beradi.

Oddiy foydalanuvchilar orasida o'tkaziladigan so'rovlar jadvali:

1. Toshkent shahri, Shayhontohur va Mirzo Ulug'bek tumanlari: 27-28 mart

2. Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani: 29-30 mart

3. Yangiyo'l va Zangiota tumanlari: 2-3 aprel

4. Qoraqalpog'iston Respublikasi Chimboy va Ellikqala tumanlari: 4-5 aprel

5. Xorazm viloyati Xiva va Urganch tumanlari: 6-7 aprel

6. Andijon viloyati Shahrixon tumani: 9-10 aprel

7. Farg'ona viloyati Toshloq tumani: 11-12 aprel

8. Namangan viloyati Namangan tumani: 13-14 aprel

9. Samarqand viloyati Paxtachi va Kattaqo'rg'on tumanlari: 16-17 aprel

10. Navoiy viloyati Xatirchi tumani: 18-19 aprel

11. Buxoro viloyati Kogon tumani: 20-21 aprel

12. Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani va Qarshi shahri: 23-24 aprel

13. Surxondaryo viloyati Shurchin tumani: 25-26 aprel

14. Jizzax viloyati Yangiobod tumani: 27-28 aprel

Professional foydalanuvchilar fokus-guruhlar muhokamasi tartibi:

1. Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumani: 28 mart

2. Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani: 30 mart

3. Toshkent viloyatining Zangiota tumani: 3 aprel

4. Qoraqalpog'iston Respublikasi Chimboy tumani: 5 aprel

5. Xorazm viloyati, Urganch tumani: 7 aprel

6. Andijon viloyati Shahrixon tumani: 10 aprel

7. Farg'ona viloyati Toshloq tumani: 12 aprel

8. Namangan viloyati Namangan tumani: 14 aprel

9. Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on tumani: 17 aprel

10. Navoiy viloyati Xatirchi tumani: 19 aprel

11. Buxoro viloyati Kogon tumani: 21 aprel

12. Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri: 24 aprel

13. Surxondaryo viloyati Shurchin tumani: 26 aprel

14. Jizzax viloyati Yangiobod tumani: 28 aprel

Foydali resurslar