Indoneziya bilan yerdan foydalanish sohasida hamkorlik masalasi

Joriy yilning 2018 yil 28 mart sanasida Gede Pasek Suardika boshchiligidagi Indoneziya hududiy palata raislaridan (Senat) tashkil topgan delegatsiya  yerni huquqiy himoya qilishda O’zbekiston tajribasini o’rganish va kelajakda hamkorlikni yo’lga qo’yish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadasri davlat qo’mitasiga tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida taraflar yerdan foydalanish, uning xolatini saqlash va himoya qilish, unumdorligini oshirish, davlat yer kadastrlarini yuritish, shuningdek, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish bo'yicha tizimli davlat nazoratini amalga oshirish kabi masalalarda o’zaro tajriba almashdilar. Davyergeodezkadastr qo’mitasi mutaxassislari Indoneziya delegatsiyasi vakillarini qo’mita faoliyati bilan yaqindan tanishtirdilar.

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 796
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing