“Qo'mita kubogi” sport musobaqasi o’tkazildi

Davyergeodezkadastr qo'mitasining 2018 yil 23 fevraldagi 107-sonli buyrug’iga asosan hamda qo’mita Kasaba uyushmasi va Yoshlar ittifoqi hamkorligida qo'mita va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlari o'rtasida o'zaro mehr-oqibat rishtalarini mustahkamlash, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, turli sport musobaqalari orqali do'stlik va sog'lom muhitni shakllantirish maqsadida joriy yilning 10 mart sanasida “Qo'mita kubogi” sport musobaqasi bo'lib o'tdi. Mazkur musobaqada “ZAMIN”, “SHARQ”, “GEODEZIST”, “REGISTON”, “EKOLOG”, “LOCHIN”, “SAMO”, “AVANGARD”, “ISHONCH” hamda “YOSHLIK” jamoalari ishtirok etib sportning stol tennis, shashka, dart otish, kuch sinash va futbol turlari bo’yicha o’zaro bellashdilar. Musobaqa yuqori saviyada bo’lib o’tdi. Yakuniy natijalarga ko’ra Toshkent viloyati Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasining “ISHONCH” jamoasi “Qo’mita kubogi”ni qo’lga kiritdi..   

Ishonch telefoni

1097


Onlayn foydalanuvchilar

Onlayn foydalanuvchilar: 812
Система Orphus

So'rovnoma

Yangi saytimizni baholang

Yangiliklarga obuna bo'ling

So'rovnoma

Foydali resurslar


Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing