Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

Davergeodezkadast qo'mitasi Hay'atining kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tdi

Joriy yilning 2018 yil 26 fevral sanasida O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi Hay'atining kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda qo'mita markaziy apparatining boshqarma va bo'lim boshliqlari, hududiy boshqarmalar boshliqlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, hududiy “Yermulkkadastr” xizmatlari boshliqlari va uning filiallari rahbarlari, tumanlar er resurslari va davlat kadastri bo'limlari boshliqlari, “O'zdaverloyiha” instituti bo'linmalarining boshliqlari ishtirok etishdi. Hay'at yig'ilishida “2017 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar, mavjud kamchiliklar, ularni bartaraf etish choralari hamda rahbar va xodimlarning shaxsiy mas'uliyatini oshirish” masalalari tanqidiy ko'rib chiqildi.Takroriy ariza, shikoyat, ijroga qaratilmagan murojaatlarning ko'lami kengayganligi, murojaatlarga joylarning o'zida sifatli va o'z vaqtida javob taqdim etilmayotganligi, buning oqibatida murojaatchilar sarson bo'layotganlari, sohadagi mutaxassislar soni ortgan bir vaqtda bunday xolatining kuzatilishi qattiq tanqib ositiga olindi. Yig'ilishda davomida murojaatlarni ko'rib chiqishda Qonun talablariga amal qilish, ijro muddatlarining buzilishiga yo'l qo'ymaslik, nazorat ishlarini bo'shashatirmaslik, rahbar va mutaxassisga tegishliligi bo'yicha ariza, shikoyat yoki murojaat kelib tushgan kundan kechiktirmasdan ijroga qaratish bo'yicha ko'rsatma va topshiriqlar berildi.

Foydali resurslar