Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

Davergeodezkadastr foydalanuvchilar uchun davlat xizmatlar sifati bo’yicha so’rovnoma o’tkazadi

Tadbirkorlik sub’ektlari va aholiga ko’rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlarini optimallashtirish maqsadida Qo’mita DGP Research and Consulting kompaniyasini (www.dgp.uz) foydalanuvchilar bilan kadastr va ko’chmas mulkni ro’yxatga olish sohasida ko’rsatiladigan xizmatlar sifati bo’yicha so’rov otkazish uchun jalb qildi. Ushbu tadqiqot oddiy foydalanuvchilar va ushbu sohada xizmatlar ko'rsatuvchi professional kompaniyalar o’rtasida o’tkaziladi.

Bugungi kunga qadar tadqiqot o’tkazish vositalari (so’rovnomalar) ishlab chiqilmoqda. Oddiy foydalanuvchilar guruhiga, ko'chmas mulkni ro’yxatga olish uchun, kadastr tizimi bilan kamdan-kam hollarda yoki vaqti-vaqti bilan, zarurat tug’ilganda, foydalanadigan fuqarolar kiradi. Kompaniyalar guruhiga doyimi ravishda ro'yxatga olish va ko'chmas mulk kadastri tizimiga professional faoliyatlari uchun doimiy ravishda murojaat etuvchi yuridik shaxslar kiradi: rieltorlar, ko'chmas mulk agentliklari, quruvchilar va advokatlar.

Tadqiqotlar reyingi bosqichda 12 viloyatda, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Toshkent shahrida o'tkaziladi. Ushbu bosqichda biz hammani faol ishtirok etishiga taklif etamiz.

Sizning javoblaringizni qabul qilishdan mamnun bo'lamiz.

Bundan tashqari onlayn xizmatlari bilan foydalanuvchilar uchun sorovnoma anketasiga havola ko’rsatiladi. So'rov natijalari 2018 yil mart oyida e'lon qilinadi.

Foydali resurslar