Shrift o'lchami: A A A
Цвет сайта: A A A A

Geoinfocom va Cybernet oʻrtasidagi AKT rivojlantirish sohasiga doir va hamkorlikning boshqa sohalarini koʻzda tutuvchi oʻzarohamkorlik

Toshkentda 2018 yilning 14-fevralida «Kompyuterlashtirish va geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi" - "Geoinfokom" DUK (Toshkent, Oʻzbekiston Respublikasi) va "Cybernet" masʻuliyati cheklangan jamiyati (Boku, Ozarbayjon Respublikasi) oʻrtasida AKT sohasida hamkorlikni rivojlantirish uchun oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Memorandumni “Geoinfocom” DUK direktori Isaev Xusan va "Cybernet" MChJ direktori Namozov Ilhom imzoladilar. Ikki korxona oʻrtasida ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilish davomida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida aloqalarni kengaytirish istiqbollari, aholi va tadbirkorlik subʻektlariga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash uchun imkoniyatlar koʻrib chiqildi, ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha uchrashuv natijalari oʻlaroq Memorandum imzolandi.

"Cybernet" va "Geoinfokom" korxonalarining mavjud tajriba va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, Dayergeodezkadast qoʻmitasi tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish orqali respublikada innovatsion texnologiyalarni joriy etish uchun salohiyatdan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

"Geoinfocom" DUK va "Cybernet" MChJ oʻrtasida oʻzaro hamkorlik faoliyati quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladi:

  • AT-konsalting, shu jumladan axborot texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, shuningdek, axborot texnologiyalarini boshqarish tizimini takomillashtirish;
  • Koʻchmas mulkni roʻyxatga olish va kadastr yuritish tizimini samarali shakillantirish va takomillashtirish maqsadida dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish;
  • ERP-tizimlar, CRM-tizimlar va BI-tizimlarni joriy etishni hisobga olgan holda biznesni avtomatlashtirish;
  • turli xizmatlarni, shu jumladan davlat xizmatlari koʻrsatishni samarali tashkil etish uchun mobil texnologiyalar va yechimlarni ishlab chiqish va joriy etish.

Mazkur Memorandum doirasida olib boriladigan faoliyat Dayergeodezkadast qoʻmitasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishni jadallashtirishga yordam berib, nafaqat Dayergeodezkadast qoʻmitasi tizimida balki mamlakat boʻyicha innovatsion va axborot texnologiyalaridan foydalanishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishni taʻminlaydi.

Foydali resurslar